Hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi


Download 351.74 Kb.
bet6/8
Sana02.02.2023
Hajmi351.74 Kb.
#1147676
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i,

Kekirdak – trachea tog‘ayli halqalardan tashkil topgan nay shaklidagi organ bo‘lib, mazkur tog‘aylar kekirdakni doimo ochiq turish imkonini beradi. Qoramolda bu tog‘ayning soni 48 – 50 ta, qo‘yda esa 53 – 55 tagacha bo‘ladi.
Kekirdak hiqildoqning halqasimon tog‘ayidan boshlanib, hamma bo‘yin umurtqalarining old tomoni bo‘ylab o‘tadi va dastlabki qovurg‘a sohasida ko‘krak qafasiga kiradi. U bo‘yin umurtqalari va qizilo‘ngach osti yoki u bilan yonma-yon yotadi.
Kekirdak pastki tomondan to‘sh-qalqonsimon, to‘sh-til osti va to‘sh-bosh muskullari bilan qoplangan. 4-5-nchi qovurg‘alararo bo‘shliq to‘g‘risida kekirdak ikkiga bo‘linadi, ya’ni kekirdak bifurkatsiyasi – bifurcatio tracheae ni hosil qiladi. U bifurkatsiya qilmasdan oldin o‘ng o‘pkaning uchiga kekirdak bronxi – bronchus tracheae ni beradi. Kekirdak tog‘aylarining yuqorigi uchi ingichkalashgan bo‘lib, ular kekirdakning yuqorigi chetida taroq hosil qiladi. Ko‘ndalang muskul halqalarning ichki yuzasiga birlashgan bo‘ladi. Halqalarning oxirgi qismlari ko‘ndalang fibroz membrana – membrane transversa orqali birikkan. Kekirdakning birinchi tog‘ayli halqasi hiqildoqning halqasimon tog‘ayi bilan halqasimon kekirdak nayi – lig.cricotracheae orqali, qolgan barcha halqalari bir-biri bilan halqasimon pay – lig.anularia orqali birlashadi. Kekirdakning shilliq pardasi tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, unda kekirdak bezlari mavjud. (56-rasm.)
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. Otda – kekirdak 48 – 60 ta tog‘ayli halqalardan tashkil topgan bo‘lib, uzunligi 1 metrgacha etadi; kesib ko‘rilganda, ko‘ndalang – uzunchoq shaklda, pastki tomoni qavariq, yuqorigi tomoni esa botiq; kekirdak bifurkatsiyasi 5-6-nchi qovurg‘alararo bo‘shliq ro‘parasida bo‘ladi.
Cho‘chqada – kekirdak silindrsimon bo‘lib, tog‘ayli halqalari 32 – 36 ta.
Itda – tog‘ayli halqalari 42 – 46 ta, silindr shaklida, halqalarning oxirgi uchlari bevosita bir-biriga tegib turmaydi.
Kekirdak o‘pkalarga kirishdan oldin o‘ng va chap bronxlarga bo‘linadi va mos ravishda ikkala o‘pkaga kiradi. Ular o‘pka to‘qimasiga kirganidan so‘ng darxat singari kichik-kichik tarmoqlarga bo‘linadi. Bunday tarmoqlanish bronxial daraxt nomi bilan ma’lum.
Bronxlar tog‘ayli halqalarini to‘liq saqlab qoladi, lekin ular tarmoqlarga ajralishi bilan maydalashadi, tog‘ay tayanchi sekin-asta kamayadi, so‘ngra esa to‘liq yo‘qoladi, bu yo‘llar bronxiolalar deyiladi. Bronxiolalar o‘pka bo‘ylab yana kichikroq yo‘lchalarga tarmoqlanishda davom etadi. Eng kichik diametrli tarmoq alveolyar yo‘l deb nomlanadi va alveolaga aylanadi.
Bronx va bronxiolalarning devorida silliq muskul to‘qimalari bo‘lib, u vegetativ nerv tizimi nazorati ostida turadi.
Nafas olish yo‘li o‘pkaga katta hajmdagi havoni etkazish uchun kengayishi (masalan, fizik mashqlar vaqtida) yoki normal nafas vaqtidagidek oldingi hajmigacha torayishi mumkin.

Download 351.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling