Hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi
Download 351.74 Kb.
|
Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kekirdak xalqalari
Alveola. Alveolyar yo‘llar alveolyar xaltachalar sifatida tugaydi va ular uzum boshchasiga o‘xshaydi. Har bir alveolyar xaltacha ko‘p miqdordagi alveolalardan tashkil topgan va ular mayda, nafis devorli kapillyarlar to‘ri bilan o‘ralgan xaltachalar hisoblanadi. Alveolalarning epitelial qatlami o‘pka membranasi deb yuritiladi va qon bilan gazlar almashinuvini amalga oshirishni ta’minlovchi juda yupqa bo‘ladi. Kislorod nafas havosidan alveolaning o‘pka membranasi orqali kichik qon aylanish doirasi kapillyarlariga o‘tadi. Bir vaqtning o‘zida qondagi karbonat angidirid gazi o‘pkadan chiqarib yuborish uchun almashinadi. U yerda gazlar almashinuvi uchun katta yuza maydonini ta’minlovchi har bir o‘pkada millionlab alveolalar mavjud.
Nafas yo‘lining bir qismi gazlar almashinuvida ishtirok etmaydi (ya’ni, alveoladan tashqari barchasi). Ular vazifasi gazlarni o‘tkazish va gazlar almashinuvi joyidan ularni chiqarishdan iborat. O‘pka – pulmones juft organ bo‘lib, nafas olish organlarining asosiysi hisoblanadi va unda nafas havosi bilan qon o‘rtasida gazlar almashinuvi jarayoni amalga oshadi. O‘ng va chap o‘pkalar – pulmo dexter et sinister uzatuvchi yo‘llardan hamda gaz almashinuvi organlaridan tashkil topgan. O‘pkaning uzatuvchi yo‘llariga bronxlar va ularning tarmoqlari, gaz almashinuvi organlariga esa alveola yo‘llari, alveolyar xaltachalar va alveolalar kiradi. Kekirdak xalqalari56-rasm. A-qoramol B-mayda kavsh qaytaruvchilarV-cho‘chqalar G-otlar kekirdagi 1-seroz parda 2-tog‘ay xalqalar 3-siyrak biriktiruvchi to‘qima 4-muskul qavat 5-shilimshiq parda. Ikkala o‘pka ham yurak bilan birgalikda ko‘krak qafasida joylashadi. Ular konus shaklida seroz parda – plevra bilan o‘ralgan. Konusning asosi orqa tomondan diafragmaning qavariq yuzasiga qaragan. Har bir o‘pkaning botiq – diafragmal yuzasi – facies diaphragmatica; qavariq – qovurg‘a yuzasi – facies costalis va oraliq yuzasi – facies mediastinalis bo‘ladi. Oraliq yuzasida chuqurlashgan o‘pka darvozasi – hilus pulmonis bo‘lib, u orqali o‘pkaga asosiy bronx, o‘pka arteriyasi, nervlar va o‘pka venalari kiradi. Bronx qon tomirlar hamda nervlar bilan birgalikda o‘pka ildizi – radix pulmonis ni hosil qiladi. Bundan tashqari, o‘pkaning yuqorigi o‘tmas cheti – margo abtusus va pastki o‘tkir cheti – margo asutus farqlanadi. Chap o‘pkaning o‘tkir chetida yurak kesigi – incisura cardia bo‘ladi. Chap o‘pka kesiklar yordamida oldingi – uchki bo‘lak – lobus apicalis ga, o‘rta – yurak bo‘lagi – lobus cordiacus ga va orqa diafragmal bo‘lagi – lobus diaphragmaticus ga bo‘linadi. O‘ng o‘pka xuddi shunday kesiklar orqali uchki oldingi bo‘lak – lobus apicalis cranialis ga, uchki orqa bo‘lak – lobus apicalis caudalis ga, yurak bo‘lagi – lobus cardiacus ga, diafragmal bo‘lak – lobus diaphragmaticus ga va qo‘shimcha bo‘lak – lobus accessories ga bo‘linadi. Qo‘shimcha bo‘lak ichki tomonda yotadi va o‘ng o‘pkadan orqa kovak vena orqali ajralib turadi. Asosiy (bosh) bronx – branchus principalis dan har qaysi o‘pkada yirik bronxlar – bronchus majores, yirik bronxdan o‘rtacha bronxlar – bronchus medii, ulardan mayda bronxlar – bronchus minoris ajraladi. Mayda bronxlardan o‘z navbatida o‘pka bo‘lakchalari – lobuli ga kiruvchi bronxiolalar tarmoqlashib ketadi. Asosiy bronxning tobora mayda bronxlarga bo‘linib, shoxchalanib ketishi natijasida o‘pkani ichkarisida bronxial daraxt – arbor bronchialis hosil bo‘ladi. O‘pka bo‘lagining bronxlari har bir bo‘lakda nafas olish bronxiolalari – bronchioli respiratorii ga ajralib, ular alveolyar yo‘llar – ductuli alveolares hosil qilib tugaydi. Alveolyar yo‘llarning devori alveolyar xaltachalar (o‘pka pufakchalari) – saccus alveolares et alveoli pulmonis ni hosil qiladi. Har qaysi o‘pkada bronxlar bilan parallel ravishda o‘pka arteriyasi tarmoqlanadi va oxiri borib, kapillyar to‘rlari hosil qiladi. Kapillyar to‘rlardan o‘pka venalari boshlanadi. Bronxlarning devori tog‘ayli halqalardan hamda plastinkalardan tarkib topgan, ularning ichkarisi esa tebranuvchi epiteliy va bezlar saqlovchi shilliq parda bilan o‘ralgan. Alveolyar yo‘llar alveolyar xaltachalar va alveolyar elastik to‘qimadan iborat hamda hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. O‘ng o‘pka chapdagisiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. Otda – o‘pkani bo‘laklarga bo‘linishi yaxshi bilinmaydi; o‘tkir chetida yurak kesigi bo‘ladi: u har qaysi o‘pkani uchki va yurak –diafragmal bo‘laklarga ajratib turadi. O‘ng o‘pkada qo‘shimcha bo‘lak mavjud. (57-rasm). Cho‘chqada – o‘ng o‘pkasidagi uchki bo‘lagi oldingi va keyingi uchki bo‘laklarga bo‘linmaydi, u keng kesik orqali yurak bo‘lagidan chegaralanib turadi. Qo‘shimcha bo‘lagi yaxshi ko‘ringan; chap o‘pkada uchki yurak va diafragmal bo‘laklar mavjud. Itda – o‘pka bo‘laklari chuqur bo‘laklararo chuqur kesik orqali ajralib turadi; chap o‘pka uchki, yurak va diafragmal bo‘laklarga bo‘linadi; o‘ng o‘pkada qo‘shimcha bo‘lagi mavjud. Bronx va bronxiolalar devoridagi retseptorlar bronxial daraxtning cho‘zilish darajasini nazorat qiladi. O‘pkalar cho‘zilganda ular impulslarni adashgan nerv orqali miyaning nafas olish markaziga yuboradi. Keyinchalik nafas olish to‘xtaydi va nerv markazi orqali nafas chiqarish faollashadi. Bu Geringa-Breyer refleksi sifatida ma’lum bo‘lib, o‘pkalarning normadan ortiq havo chiqarishini bartaraf qiladi. Nafas organlarini aniqlash. Hayvon tinch holatda har bir nafas olgan vaqtda o‘pkaga boradigan va undan chiqadigan havo miqdori nafas hajmi deyiladi. Ammo, bu o‘pkaning haqiqiy hajmining bir qismi bo‘lib, majburiy nafas olganda ko‘proq havo olish mumkin; bu zahira havo hisoblanadi, aksincha, majburiy nafas chiqarganda normal nafas chiqargandagiga nisbatan ko‘proq havo chiqarish mumkin; bu qo‘shimcha havo miqdori ekspirator zahira deyiladi. Hattoki majburiy nafas chiqargandan keyin ham hamisha o‘pka va nafas yo‘llarida kam miqdorda havo qoladi (aks holda ular kollaps holatida bo‘ladi). Maksimal nafas chiqarilganidan so‘ng o‘pkada qolgan havo miqdori tiriklik sig‘imi deb yuritiladi. Normal nafas chiqarilganidan keyin qolgan bu havo miqdori funksional qoldiq sig‘im deyiladi va nafas chiqarish vaqtida gazlar almashinuvini amalga oshiradi. O‘pkaning tiriklik sig‘imi qoldiq hajmning yig‘indisi, nafas chiqarganda zahira hajmi, nafas hajmi va zahira nafas olish hajmi hisoblanadi. Nafas olinayotganda so‘rilgan havoning katta qismi alveolalargacha etib bormaydi (ya’ni, u gazlar almashinuvida ishtirok etmaydi); bu nafas yo‘llaridagi havo hajmiga teng. Bir minutda nafas olish tezligi. Tinch holatda nafas olish tezligi itlarlar 10-30 marta; mushuklarda 20-30 martani tashkil qiladi. Download 351.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling