Emosiyalar ko`pincha kishining xulq-atvoriga alohida bir hissiy ohang bag’ishlaydi, ma`lum darajada davom etadigan ancha mustahkam kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba`zan his-tuyg`ular birdaniga paydo bo`lib, shiddatli va nisbatan tez o`tadi. Ana shu uzoq davom etadigan yoki qisqa muddatli kechinmalar psixik yoki emosional holatlar deb ataladi. Ular jumlasiga - Emosiyalar ko`pincha kishining xulq-atvoriga alohida bir hissiy ohang bag’ishlaydi, ma`lum darajada davom etadigan ancha mustahkam kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba`zan his-tuyg`ular birdaniga paydo bo`lib, shiddatli va nisbatan tez o`tadi. Ana shu uzoq davom etadigan yoki qisqa muddatli kechinmalar psixik yoki emosional holatlar deb ataladi. Ular jumlasiga
- kayfiyatlar,
- affektlar (qattiq hayajonlanish),
- Frustrasiya
- stressli holatlar kiradi.
KAYFIYAT - zaif yoki o`rtacha kuchga ega bo`lgan va odatda ancha barqaror emosional holatdir. Frantsuz yozuvchisi Mopassan bunday degan edi: "Bizning vaqti chog`ligimizni qayg`uga, laqmaligimizni azobga aylantiradigan o`sha sirli ta`sirlar qayerdan kelib chiqadi? Men juda xursand bo`lib uyg`onaman, qo`shiq aytgim keladi. Buning sababi nima? Daryo bo`ylab pastga tushaman va unchalik ko`p sayr qilmay, to’satdan uyga g`amgin bo`lib qaytaman, go’yo uyda meni qandaydir falokat kutayotgandek. Buning sababi nima?". Bu avtorga sababsiz bo`lib tuyulgan tipik kayfiyatning namunasidir. - KAYFIYAT - zaif yoki o`rtacha kuchga ega bo`lgan va odatda ancha barqaror emosional holatdir. Frantsuz yozuvchisi Mopassan bunday degan edi: "Bizning vaqti chog`ligimizni qayg`uga, laqmaligimizni azobga aylantiradigan o`sha sirli ta`sirlar qayerdan kelib chiqadi? Men juda xursand bo`lib uyg`onaman, qo`shiq aytgim keladi. Buning sababi nima? Daryo bo`ylab pastga tushaman va unchalik ko`p sayr qilmay, to’satdan uyga g`amgin bo`lib qaytaman, go’yo uyda meni qandaydir falokat kutayotgandek. Buning sababi nima?". Bu avtorga sababsiz bo`lib tuyulgan tipik kayfiyatning namunasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |