Mavzu: ximatlar sohasida sifatning ahamiyati
Download 49.15 Kb.
|
Dilbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIZMATLAR SOHASIDA SIFATNI AHAMIYATI
MAVZU:XIZMATLAR SOHASIDA SIFATNING AHAMIYATIXIZMAT NIMA?Xizmat deganda avvalo mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‘lib, insonlarning aniq talablarini qondirish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda xizmat-bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi xizmatlarni ko‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo‘lgan servis korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi bo‘lib xizmat hisoblanadi.XIZMATLAR SOHASIDA SIFATNI AHAMIYATISifatni tushinish o’zida, eng avvalo, iqtisodiy tashkil etuvchisini mujassam etgan, ya’ni me’yoriy-huquqiy bazaga asoslanadi. Chunonchi, sifat uni iste’molchi rozi bo’lgan narxiga ko’ra turli namoyon bo’lish darajalariga (oliy, o’rta, past) ega bo’ladi. Sifat muammolari iqtisodiy kategoriya sifatida jamiyat ishlab chiqarishni rivojlanishi, xizmatlar ishlab chiqarilishini boshlanishi bilan birgalikda odamlarni kundalik ehtiyojlariga javoban paydo bo’ldi.Xizmatlarni real sifatini aniqlashdagi asosiy “ekspert” iste’molchi hisoblanaveradi. Aynan u xizmat ko’rsatish yo’naltirilgan figura sifatida namoyon bo’ladi. Shu bilan bir qatorda xizmatni iste’molchilik baholash uni obyektiv xususiyatlariga tayanadi va ko’pgina subyektiv momentlarga ega. Bu turli sabablardan kelib chiqadi. Iste’molchi xizmat sifatini baholayotganida sifatni ba’zi faktik parametrlarini kutilayotgan kattaliklar bilan taqqoslaydi. Agar bu kutishlar mos kelsa, u holda xizmat sifati u tomonidan yaxshi, qoniqarli deb tan olinadi. Bu holda iste’molchilik kutishlari shaxsiy ehtiyojlar va manfaatlar, oldingi tajriba, tashqi kommunikasiyalar (reklama va boshqalar), shaxslar o’rtasidagi kommunikasiyalar, jumladan ovoza, yaqin kishilarni baholashi kabi omillarga tayanadi. Ko’pgina bu omillarni ta’siri xizmatni sifat mohiyatini jiddiy buzishi mumkin.Download 49.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling