Mavzu: ximatlar sohasida sifatning ahamiyati

Download 49.15 Kb.
bet2/7
Sana22.03.2023
Hajmi49.15 Kb.
#1286808
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dilbar

Xizmatlarni real sifatini aniqlashdagi asosiy “ekspert” iste’molchi hisoblanaveradi. Aynan u xizmat ko’rsatish yo’naltirilgan figura sifatida namoyon bo’ladi. Shu bilan bir qatorda xizmatni iste’molchilik baholash uni obyektiv xususiyatlariga tayanadi va ko’pgina subyektiv momentlarga ega. Bu turli sabablardan kelib chiqadi. Iste’molchi xizmat sifatini baholayotganida sifatni ba’zi faktik parametrlarini kutilayotgan kattaliklar bilan taqqoslaydi. Agar bu kutishlar mos kelsa, u holda xizmat sifati u tomonidan yaxshi, qoniqarli deb tan olinadi. Bu holda iste’molchilik kutishlari shaxsiy ehtiyojlar va manfaatlar, oldingi tajriba, tashqi kommunikasiyalar (reklama va boshqalar), shaxslar o’rtasidagi kommunikasiyalar, jumladan ovoza, yaqin kishilarni baholashi kabi omillarga tayanadi. Ko’pgina bu omillarni ta’siri xizmatni sifat mohiyatini jiddiy buzishi mumkin.

Xizmat sifatini iste’molchi tomonidan baholanishini to’liq xato deb hisoblash ham kerak emas. U axir xizmat natijalarini funksional-amaliy jihatlarini baholayapti, bu esa uni baholashi ahamiyatini keskin oshiradi. Bundan tashqari, iste’molchilar umuman olganda baholashni kollektivli subyekti sifatida namoyon bo’ladi, bu esa ham ishlab chiqaruvchilar, ham davlat nazorat organlari tomonidan rad etilishi mumkin emas.

Bularni hammasi xizmat sifatini aniqlashda ikki tomonlama yondashuvni, ya’ni ishlab chiqarish fizikaviy (fiksasiya qilish, hisoblash, raqamli shaklda aks ettirish imkoni bo’ladigan) ko’rsatkichlarni hisobga olish, shuningdek iste’molchilarni subyektiv baholarini hisobga olish mavjudligini belgilaydi. Oxirgisi har bir alohida holatalrda nojiddiy tavsifga ega bo’ladi, ular iste’molchilarni shaxsiy xususiyatlariga, odatlariga, milliy an’analariga va boshqalarga bog’liq. Shuning bilan birga minglab iste’molchilar tomonidan sifat haqida bildirilgan o’xshash taqrizlar obyektiv tavfsifga ega bo’ladi va xizmat ishlab chiqaruvchilari tomonidan muzokara qilinmaydigan fakt sifatida qabul qilinishi kerak.

Download 49.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling