Hisob-kitob opertasiyasi hisobi


Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi


Download 151.5 Kb.
bet4/8
Sana01.03.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1242726
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1515137429 69832

4. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi
Haridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o`xshash.
21-sonli BHMS ga muvofiq, «Jo`natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar uchun haridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar, 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 «Olingan veksellar», 6310 - «Xaridorlar na buyurtmachilardan olingan bo`naklar», 9010 - «Mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar», 9020 - «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 - «Bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110 - «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 - «Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130 - «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 - «Olingan veksellar» va 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotlari bo`yicha hisob yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash natijasida haridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo`yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo`yicha oborotlarni tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko`rsatkich- tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko`rsatkichi bo`yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning auditi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning auditiga o`xshash ravishda amalga oshiriladi. Xaridorlar bilan hisob-kitoblarning auditi jarayonida mol yetkazib berish uchun shartnomalar tuzilganligi, Xaridor tomonidan qabul qilingan mahsulotlar uchun korxonaga tegishli bo`lgan summalar (sotish muddatlari, mahsulot sifati va boshqa omillarni hisobga olgan holda) to`g`ri hisoblanganligi, 15 % miqdorida oldindan to`lov amalga oshirilmasdan turib mahsulot berilganligi, 4010 -«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan schyotlar», 6230 - «Boshqa kechiktirilgan daromadlar», 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotlarda ko`rsatilgan Xaridorlar qarzi haqiqiyligi aniqlanadi. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bo`yicha qarzlarning haqiqiyligi, qonuniyligi va ishonchliligi dastlabki hisob-kitob-to`lov hujjatlari, hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomalari va hisob registrlaridagi ko`rsatkichlar asosida tekshiriladi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo`yicha hisob registrlari ma'lumotlarining Bosh daftar hamda o`zaro aloqador hisob registrlari ma'lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010 schyot debeti bo`yicha yozuvlar 9010 -, 9020, 9030, 9210, 9220 schyotlarning krediti bo`yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko`zda tutilmagan bo`lsa, u holda umumiy qoida bo`yicha mulkiy huquq mol yetkazib beruvchidan Xaridorga tovarni jo`natish vaqtida o`tadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
Debet 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kredit 9010 - «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar».
Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi to`lov bo`yicha yoki jo`natish bo`yicha qabul qilinganidan qattiy nazar amalga oshiriladi.
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish mobaynida tovar (ish, xizmat) lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi hamda QQS summasi va Xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining to`g`riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni to`lashning o`z vaqtidaligi va to`liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan bog`lanadigan ma'lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni ko`rib chiqish yo`li bilan aniqlanadi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko`rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 - «Olingan veksellar», 6310 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotlari bo`yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. Shunindek, reestrlarning o`z vaqtida to`ldirilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xojalikning kassasiga yoki hisob-kitob schyotiga tushgan to`lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi tekshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) lar realizatsiyasi bo`yicha to`lov talabnomalarining o`z vaqtida to`ldirilishi va inkassaga qo`yilishi tekshiriladi. Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to`lov muddati o`tib ketgan summalarini saldo (qoldiq) reestrlari bo`yicha aniqlash zarur. Ushbu to`lov hujjatlari bo`yicha qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4020 - «Olingan veksellar» schyotlarining debetida, to`lovlarning kelib tushishi esa 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar bir xojalik yoki tashkilotga jo`natilib, schyot esa adashib boshqasiga taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida haqiqiy bo`lmagan debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o`tib ketgan debitor qarzlarni undirish choralari ko`rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o`zaro taqqoslash va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to`g`rilash, qarzlarni o`zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. Shuningdek, audit jarayonida Xaridorlarning muddatlari chiqib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni hisobdan o`chirish faktlari bo`yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to`g`ri aks ettirilganligini aniqlaydi.

Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling