Hisob-kitob opertasiyasi hisobi


Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitob muomalalari auditi


Download 151.5 Kb.
bet2/8
Sana01.03.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1242726
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1515137429 69832

2. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitob muomalalari auditi
Xojalik subyektlari har doim ham bevosita o`z kassasidan yoki hisob-kitob schyotidan hisoblashishlarni amalga oshira olmaydi. Bunday hollarda xodimlarga hisobdorlik asosida bo`naklar naqd pullarda beriladi, ular to`lovlarni amalga oshiradilar. Bular ma'muriy xojalik muomala xarajatlari va xizmat safarlari uchun beriladigan bo`naklardir. Ushbu xojalik muomalalari 4220 - «Xizmat safari uchun berilgan bo`naklar», 4230 - «Umumxojalik xarajatlari uchun berilgan bo`naklar» va 6970 «Hisobdor shaxslarga to`lanadigan qarzlar» schyotlarida hisobga olinadi.
«Naqd pulsiz hisob-kitob yo`li bilan amalga oshirib bo`lmaydigan mayda ma'muriy-xojalik, operatsion va xizmat safari xarajatlari uchun kassadan korxona ishchilariga beriladigan pul bo`naklari hisobdor summalar deb ataladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining asosiy vazifalari: hisobdor summalar to`g`ri va maqsadli ishlatilganligini tekshirish; xojalik yuritish nuqtai nazaridan qonunga xilof va maqsadga muvofiq bo`lmagan xarajatlarni aniqlash; xizmat safarlari bilan bog`liq xarajatlarni qoplash bo`yicha belgilangan tartibga rioya qilinishini tekshirish»1.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi mazkur obyekt bo`yicha ichki nazorat va hisob tizimining holatini o`rganishdan boshlanadi. Ichki nazorat tizimini baholashda aniqlangan, uning kuchli tomonlari (nazorat barcha test qilinadigan yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilganligi, muomalalar haqqoniyligi, tegishli tarzda ruxsat etilganligi va hisobda aks ettirilganligi), shunindek, kuchsiz tomonlari (hisobdor shaxslar ro`yxati, hisobdor summalar beriladigan muddatlar va boshqalarning buyruq bilan tasdiqlanganligi) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni batafsil tekshirishda e'tiborga olinadi. Bu muomalalar ko`p hollarda yoppasiga tekshiriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining vazifalari quyidagilardan iborat (9.2-jadval).
2-jadval Hisob-kitoblar auditining vazifalari



Audit vazifalari mazmuni




Xizmat safari xarajatlarining qoplanish tartibiga rioya qilinishini aniqlash




Hisobdor shaxslar tomonidan qilingan xarajatlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlash




Xojalik xarajatlarining asosliligini aniqlash




Xizmat safari va xojalik xarajatlari yuzasidan korxona ma'muriyati farmoyishlarining qonuniyligini aniqlash




Bo`nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hisobdor summalarning sarflanganini isbotlovchi hujjatlar (transport chiptalari, mexmonxona va boshqa tashkilotlari pattalari (kvitantsiyalar), olingan moddiy boyliklarning schyotlari, har xil ishlar naqd pul hisobidan bajarilgan shartnomalar) rasmiylashtirilishini tekshirish




Kassa hujjatlarining (kassir hisobotlari, kassa kirim va chiqim orderlari va ularni qayd qilish daftarlari) tekshirish




Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo`yicha analitik va sintetik hisob registrlarining ma'lumotlari (7 -ASK.- jurnal-order) ni tekshirish




Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda buxgalteriya hisobi holati bilan tanishishi, hujjatlarning to`g`ri va o`z vaqtida rasmiylashtirilishi, xizmat safarlari va xojalik xarajatlari yuzasidan korxona rahbarining farmoyishi bor-yuqligi, xodimni bu safarga yuborish va xojalik xarajatlarining asosliligini aniqlash

Auditor buxgalteriya xodimlarining ushbu sohadagi, qonunlar va yuqori tashkilotlarning me'yoriy hujjatlaridan xabardorliklariga hamda ularning nusxalari korxona buxgalteriyasida mavjudligiga ishonch xosil qilishi, shuningdek ushbu me'yoriy hujjatlarga amal qilinish darajasini tekshirishi kerak. Buning natijasida quyidagilar aniqlanishi mumkin:

  • ilgari hisobdor pullar yuzasidan qarzi bo`lgan yoki bu pullar yuzasidanhisoblashmagan, hisobot topshirmagan shaxslarga, korxonada haqiqatda ishlamaydigan shaxslarga pul berilmayotganligi;

  • navbatdagi mehnat ta'tiliga chiqarish va bir yo`la xizmat safariga yuborishxollari mavjudligi;

  • xizmat safari vaqtida mehnat qobiliyatini yuqotib, kasalxonada davolanishdabo`lgan xodimlarga turar joy va kundalik xarajatlari to`lash tartibiga rioya qilinishini, bu muddatning 2 oydan oshmaganligini aniqlash kerak.

Hisobdor shaxslarga bo`naklar berilishining asosliligini aniqlash xojalik ehtiyojlari uchun hisobdor summa berish talablariga rioya qilishni tekshirishdan iborat. Bunda auditor hisobini berish uchun bo`nak olgan shaxslar, hamda berilgan bo`naklar summasi. va muddatining korxona rahbari buyrug`iga muvofiqligini aniqlaydi.
Bo`nak berish uchun xizmat safari to`g`risidagi buyruq va xizmat safari guvohnomasi asos bo`ladi. Xizmat safari uchun hisobdor summa berilganligini tasdiqlaydigan kassa chiqim orderlarini tekshirish mobaynida barcha rekvizitlarining to`liq to`ldirilganligiga, xususan, bo`nak berish uchun asosning aks ettirilganligiga e'tibor beriladi. Muayyan hisobdor shaxs tomonidan oldingi olingan bo`nak bo`yicha to`liq hisobot berilganidagina, unga bo`nak beriladi.
Hisobi beriladigan bo`nak berishning asosliligini tekshirish amallari kassa muomalalarini tekshirish mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Bunda aniqlangan tafovutlar to`g`risidagi axborotlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirayotgan auditorga beriladi.
Hisobdor shaxslar tomonidan bo`nak hisobotlarining o`z vaqtida taqdim qilinishini tekshirish, bo`nak hisobotlari haqiqatda taqdim qilingan muddatlarni, xizmat safari to`g`risidagi buyruqqa yoki xizmat safari guvohnomasida ko`rsatilgan muddatlarga solishtirish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Agar auditor ushbu qoidaga amal qilinmayotganligini aniqlasa, unda 21-son BHMS ning talablariga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilmagan hisobdor summalarning 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettirilishi (Debet 9430, Kredit 4220, 4230) va keyinchalik ushbu summalarning hisobdan chiqarishini tekshirish zarur.
Ayrim korxonalarda xodimlarga go`yo xojalik hamda xizmat safarlari uchun bo`nak ajratilgandek bo`lib, aslida ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun pul berilishiga yo`l qo`yiladi. Shuning uchun auditor xodimning xizmat safariga jo`natish guvohnomasi borligini, uning muddatini, yo`l xarajatlarini, amaldagi me'yorlar bo`yicha sutkalik to`lov summasi qanchaligini, hisobdor shaxslar bo`naklar bo`yicha hisobotlarni o`z vaqtida topshirishlari va sarflanmay qolgan mablag`lar qoldiqlarini kassaga topshirishlarini aniqlaydi.

Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling