Hisob-kitob opertasiyasi hisobi
Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisobkitoblar auditi
Download 151.5 Kb.
|
1515137429 69832
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank kreditlari auditining obyektlari
7. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisobkitoblar auditi
Kreditlarni berish va qoplash bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalar bank qoidalari va qarz oluvchi korxona hamda bank bilan shartnomaviy asosida tuziladigan kredit shartnomalari bilan tartibga solinadi. Unda kreditlash obyekti, kreditni berish va qoplash muddatlari, foiz stavkalari, kreditdan foydalanganligi uchun foizlarni hisoblash va to`lash tartibi, majburiyatlarni ta'minlash shakllari, kreditni berish va qoplash yuzasidan tomonlar huquqlari va majburiyatlari, hujjatlar ro`yxati va ularni bankka taqdim etish muddatlari va boshqa turli shartlar ko`zda tutiladi. Bank kreditlari va qarzlar bo`yicha hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish uchun ma'lumot manbalar quyidagilardan iborat: kredit shartnomalari, kredit va qarzlaridan foydalanganligi uchun foizlar to`lash bo`yicha hisob-kitoblar, to`lov hujjatlari ilova qilingan bank ko`chirmalari, 3-sonli jurnal-order va sintetik va tahliliy hisoblarning boshqa registrlari, Bosh kitob, balans, moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot va hokazolar. Bank kreditlari va qarzlar hisobini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishdan maqsad korxonaning olingan kreditlar va boshqa qarz mablag`larini aks ettiruvchi hisobot ko`rsatkichlarining ishonchliligi to`g`risida yetarli dalil-isbotlarga ega bo`lishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar tekshirilishi kerak: kredit va qarzlarning haqqoniyligi hamda hujjatlashtirilganligi; kredit va qarzlar olinishining asoslanganligini aniqlash (qarz mablag`lariningolingan manbalari); qarz mablag`lardan maqsadli foydalanish va ularni to`liq hamda o`z vaqtidaqaytarish (qarz mablag`lari qaysi maqsadlar uchun ishlatilgan, kreditlar va qarzlar bo`yicha qarzdorlik qanday qaytarilmoqda, muddati uzaytirilgan qarzdorlik mavjudligi); qaytarilmagan kredit va qarzlarning qoldiqlari hamda ular bo`yicha foizlarto`lanishini baholash; kredit va qarzlar bo`yicha sintetik hamda analitik hisobning yuritilishinitekshirish (kredit va qarzlarni hisobga oladigan schyotlarning qo`llanilishi, qarz mablag`larini olish va qaytarish muomalalarini aks ettirish, moliyaviy natijalarni shakllantirish tamoyillariga rioya qilinishi). Auditorlik dalil (isbot) larga ega bo`lish uchun turli usullar (hujjatlarni tekshirish, muomalalarni ko`pib chiqish, o`z mablag`lari bilan qarz mablag`larning nisbatini aniqlash maqsadida analitik amallarni bajarish) va axborot manbalaridan foydalaniladi. Bank kreditlari va qarzlarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazishda quyidagi ma'lumot manbalaridan foydalaniladi: bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hisobini va soliqqatortish muomalalarini tartibga soladigan me'yoriy hujjatlar; bank kreditlari va qarzlar bo`yicha muomalalarni rasmiylashtirish va hisobda aksettirishga doir shartnomalar va dastlabki hujjatlar (kredit va qarz shartnomalari, kreditlar bo`yicha foiz stavkalarining o`zgarishi to`g`risida kredit shartnomalariga qo`shimcha qilinadigan bitimlar, kreditni qaytarish muddatlari, kredit shartnomalarining boshqa shartlari); kredit shartnomasiga muvofiq qaytariladigan kredit va foiz summalariningakseptsiz (roziliksiz) hisobdan o`chirilishini tasdiqlaydigan memorial-orderlar. Yuqorida ko`rsatilgan muomalalarni hisobda aks ettirishga doir sintetik va analitik hisob registrlari hamda buxgalteriya hisobotlari puxta tekshiruvdan o`tkaziladi. Mazkur sohani tekshirish uchun zarur axborotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi (9.1-jadval): 9.1-jadval Bank kreditlari auditining obyektlari
Bularni tekshirish uchun auditorga korxonada qo`llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakliga xos quyidagi sintetik va analitik hisob registrlari taqdim qilinadi: agar jurnal-order shakli qo`llanilsa, 4 va 12 jurnal-orderlar; agar hisob ishlari komputerlashtirilgan bo`lsa, 6810, 6840, 7810, 7820, 7830 va7840 - schyotlar bo`yicha komputer shakllari, analitik vedomostlar va bosh daftar. Tekshiruvning ushbu sohasiga kirishishdan oldin auditor kredit va qarz shartnomalari o`rtasidagi asosiy farqlarni bilishi lozim. 21–son BHMS ga muvofiq, kredit va qarzlardan foydalanganlik uchun to`lanadigan foiz to`lovlari moliyaviy faoliyatga doir chiqimlar tarkibida hisobga olinishi, ya'ni moliyaviy natijalarga - 9610 - «Foiz ko`rinishidagi xarajatlar» schyotining debetiga olib borilishi, soliqqa tortish maqsadida esa foyda solig`i bo`yicha qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinishi lozim. Foizlarni hisobga olishning shunga o`xshash tartibi ishlab chiqarish zaxiralari sotib olish uchun olingan qarz mablag`lari bo`yicha ham qo`llaniladi. 4-son «Tovarmoddiy zaxiralari» nomli BHMS ga muvofiq, korxonalar kredit uchun to`lovlarga doir xarajatlarni, agar bular sotib olish bilan bog`liq bo`lsa, moddiy ishlab chiqarish zaxiralarining haqiqiy tannarxiga qo`shiladi. Bu tartibga sotib olingan tovar moddiy zaxiralarni omborga kirim qilinishiga qadar rioya qilishi, so`ng esa foizlar odatdagi tartibda hisobga olinadi. Kredit va qarzlarni hisobga olishning tashkil etilishini tekshirishda auditor olingan kreditlar bo`yicha qoldiqlar qanday baholanayotganligini ham aniqlashi zarur. Auditor kreditlarning maqsadga muvofiq sarflanishini va ssuda qarzlarini qaytarish tartibini (pul mablag`lari ko`rinishida, veksel berish yo`li bilan, o`zaro qarz surishish orqali) aniqlashi kerak. Kreditlarni qaytarishning to`liqligi va o`z vaqtidaligini auditor bank ko`chirmalari bo`yicha tekshiradi. 7810 - «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo`yicha uzoq muddatli kreditlarning qaytarilishigacha 12 oy to`lmasdan, hisobot tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz tarkibida ko`rsatiladi. Auditor kreditlar bo`yicha muddati o`tib ketgan qarzlar mavjudligini tekshiradi, o`z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini va ularni qaytarish uchun qanday choralar ko`rilayotganligini aniqlaydi. Bunda bank ssudalari bo`yicha muddati o`tib ketgan qarzlar mavjud bo`lganida kreditlar uchun foiz stavkalarining qanday ko`tarilib borganini aniqlashi zarur. Chunki bu korxona daromadlariga salbiy ta'sir ko`rsatadi. 6810 - «Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810 - «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlari bo`yicha 5110 - «Hisob-kitob schyoti» 5210 - «Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» bilan bog`langan debet yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kreditlarning o`z vaqtida qaytarilishini tekshiradi. Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha marta uzaytirilganligini uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor kreditlarni o`z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va ko`rilgan zararlarning hajmi to`g`risida fikr bildirishi lozim. Auditor kreditlarning qaytarilishi ta'minlanganligi masalalariga ham e'tibor qaratishi zarur. Kafolat xati, qimmatli qog`ozlar, tovarlar va boshqa mulklarni garovga qo`yish kredit ta'minotining asosiy turlaridir. Shulardan garov to`g`risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda quyidagilarni tekshirish zarur: garov to`g`risidagi shartnomaning haqqoniyligi, uning yuzaki tuzilmaganligi, unda garovga qo`yilgan mulklarning qanchalik aniq ko`rsatilganligi va hokazo. Kreditlar hisob-kitob schyoti yoki valuta schyotidan pul o`tkazish, hamda qimmatli qog`ozlarni berish yuli bilan qaytarilishi mumkin. Auditor kreditlardan foydalanganlik uchun foiz summalarining qanday schyotlarda aks ettirilganligi yoki qaysi manbalar - moliyaviy natijalar yoki boshqa manbalar hisobidan qoplanganligini tekshiradi. Download 151.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling