Hisob-kitob schotidagi pul mablag’lari va valyuta schoti bo’yicha hisob-kitoblar 3-2Tur-20 guruh talabasi Nazarov Rahmatillo


Valuta schyoti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish


Download 9.38 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi9.38 Kb.
#1520156
1   2   3   4
Bog'liq
Hisob-kitob schotidagi pul mablag’lari va valyuta schoti bo’yich-fayllar.org

3.Valuta schyoti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish

Хorijiy valutadagi pul mablag’larini va xorijiy valuta operatsiyalarini har bir korxona amalga oshirishi mumkin. Хorijiy valuta operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun bankda valuta joriy schyotini ochish kerak. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xorijiy valuta operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat (litsenziya) berilgan banklarda valuta schyoti ochish mumkin. Bunday litsenziya olgan banklarni vakillik banklari deyiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vaqti-vaqti bilan chop etiladigan byulletenida keltirilgan xorijiy valutalarda schyotlar ochish mumkin.

Valuta schyotini ochish uchun bank quyidagi hujjatlarni talab qiladi:


  • valuta schyotini ochish to’g’risida ariza;

  • ta’sis hujjatlar ko’chirmasi (notariusda yoki ro’yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ustav, ta’sis shartnomalari);

  • notariusda tasdiqlangan ro’yxatdan o’tganlik to’g’risidagi hujjatlarning ko’chirmasi;

  • korxonani ro’yxatdan o’tgan joyidan soliq inspeksiyasi va pensiya fondida hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma;

  • imzolar nusxalari qo’yilgan va yumoloq muhr tushirilgan kartochka;

  • qo’shma korxonalar va xorijiy firmalar qo’shimcha qilib O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi tomonidan ularni xorijiy investitsiyali korxonalar reestriga kiritilganligi to’g’risida beriladigan guvohnoma topshiradilar

Хorijiy valutani sotib olish operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi: valuta bozorida kelishilgan kurs bo’yicha xorijiy valutani sotib olish kuniga.

a) Хorijiy valutani sotib olish uchun hisob-kitob schyotidan so’m ko’rinishidagi mablag’larni valuta bozorida kelishilgan sotib olish kuniga bo’lgan kurs bo’yicha o’tkazib berilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti,

K-t 5110 «Hisob-kitob» schyoti.


Download 9.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling