Hisob-kitob schotidagi pul mablag’lari va valyuta schoti bo’yicha hisob-kitoblar 3-2Tur-20 guruh talabasi Nazarov Rahmatillo
Hisob – kitob schyoti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish
Download 9.61 Kb.
|
Hisob-kitob schotidagi pul mablag’lari va valyuta schoti bo’yich-fayllar.org
2.Hisob – kitob schyoti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olishHisob-kitob schyoti bo’yicha sodir bo’ladigan operatsiyalarni hisobga olish uchun korxonada 5110 - «Hisob-kitob schyoti» ochiladi. Bu schyot aktiv bo’lib, uning debetida hisob-kitob schyotiga tushgan barcha tushumlar, kreditida esa - hisob-kitob schyotidan barcha sarflangan pul mablag’lari aks ettiriladi. Bu schyotning debet saldosi hisob-kitob schyotida pul mablag’larining qolgan qoldig’ini ko’rsatadi. Bu schyotda boshqa aktiv schyotlar kabi kredit qoldiq bo’lmaydi.5110- «Hisob-kitob schyoti» bo’yicha operatsiyalar tekshirilgan bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjatlariga asosan aks ettiriladi. 5110-schyotning saldosi hisob-kitob schyotidan berilgan ko’chirmada ko’rsatilgan qoldiqqa teng kelishi shart. Bu schyot bo’yicha analitik hisob bankning ko’chirmalari bo’yicha yuritiladi. Basharti korxonada boshqa hisob-kitob analitik schyoti bo’lsa, operatsiyalar shu analitik hisob bo’yicha yuritiladi.Buxgalteriya hisobi jurnal-orderlarda yuritilsa, 5110 - schyotning kredit oborotlari 2 - jurnal-orderida aks ettiriladi. 5110 - schyotning debet oborotlari turli jurnal-orderlarga yoziladi va undan tashqari, 2-qaydnomaga yozib nazorat qilinadi. Bu registrlar tekshirilgan va ishlab chiqilgan bank ko’chirmalariga asosan to’ldiriladi.Hisob-kitob schyotidan olingan ko’chirmada ko’rsatilgan bir xildagi bog’lanuvchi schyotlarning summalari 2 – jurnal-order va 2 – qaydnomaga jamlab yoziladi.2 - jurnal-order va 2 - qaydnomani yuritish bir oyga mo’ljallanganligi uchun bankdan olingan har bir ko’chirma ma’lumotlari bir qatorga yoziladi. Demak, 2 -jurnal-order va 2 - qaydnomada band qilingan qatorlar soni shu davr ichida bankdan olingan ko’chirmalar soniga teng bo’lishi kerak. Registrlarda summalar 5110-schyotning debeti va krediti bilan korrespondentlashgan schyotlar bo’yicha yoziladi. Har bir hisobot (kun, oy) davriga bunday ko’rsatkichlarning mavjudligi buxgalteriya xodimlariga korxona hisob-kitob schyotiga pul mablag’larining kelib tushish manbalarini tahlil qilish, maqsadli foydalanilishini, tasdiqlangan moliyaviy to’lanmalar kalendar grafigiga binoan budjetga va boshqa organlarga mablag’ o’tkazilishi ustidan nazorat qilish imkoniyatini beradi.Download 9.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling