Hisob shartnomasi №11 Tovar yetkazib berishb oʼyicha Toshkent sh. 2022yil. «Sherbek-xlor farm»


VI. TOMONLАRNING JАVOBGАRLIGI VА NIZOLАRNI HАL QILISH TАRTIBI


Download 60 Kb.
bet3/4
Sana04.01.2023
Hajmi60 Kb.
#1077604
1   2   3   4
Bog'liq
Xovos shartnoma

VI. TOMONLАRNING JАVOBGАRLIGI VА NIZOLАRNI HАL QILISH TАRTIBI
6.1. Taraflar majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida kelib chiqadigan nizolar ushbu shartnoma orqali hamda Oʼzbekiston Respublikasi «Xoʼjalik yurituvchi subektlarning shartnomaviy huquqiy bazasi» toʼgʼrisidagi Qonuniga asosan hal qilinadi.
6.2. Neustoyka yoki yetkazilgan zararni toʼlash taraflarni oʼz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Yetkazib berishning tegishli davrida tovarlarni yetkazib berishni kechiktirish yoki toʼliq yetkazib bermaganlik uchun Sotuvchi Sotib oluvchiga qonunda belgilangan tartibda neustoyka toʼlaydi.
6.3. Ushbu shartnomani bajarilishi jarayonida kelib chiqadigan nizolar Toshkent tumanlararo sudida hal etiladi. Sudga daʼvo kiritishdan oldin nizo oʼzaro muzokara olib borish yoʼli bilan hal qilinadi. Daʼvo arizani taqdim etish va koʼrib chiqishda tomonlar «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning shartnomaviy huquqiy bazasi» toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga amal qiladilar.
VII. FORS-MАJOR HOLАTLАRI
7.1. Tomonlarga bogʼliq boʼlmagan, oldindan oldini olish mumkin boʼlmagan holatlar shu jumladan eʼlon qilingan fuqarolik urushi, epidimiyalar, blokadalar, embargolar, zilzilalar, toshqinlar, yongʼinlar, shuningdek davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar, farmonlar, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan holatda majburiyatlarni bajarmaganligi uchun tomonlar javobgarlikdan ozod qilinadi.
8.2. Taraflar oʼzlariga bogʼliq boʼlmagan holatlarda majburiyatlarni bajara olmasalar, ushbu holat yuzaga kelgan vaqtdan 3 kun ichida boshqa tarafni yozma ravishda ogohlantirishi kerak.
8.3. Аgar fors major holatlari toʼgʼrisida oʼz vaqtida xabar berilmagan boʼlsa, fors major holatlarini boshidan kechirgan tomon boshqa tomonga yetkazilgan zararni qoplashi shart.
VIII. QOʼSHIMCHА SHАRTLАR
8.1. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
8.2. Shartnoma taraflaridan hech biri boshqa tomonning roziligisiz ushbu shartnoma bilan bogʼliq huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxsga berishga haqli emas.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlar imzolangandan va Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʼaznachiligida roʼyxatdan oʼtgan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi va 2022 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.
8.4. Mazkur shartnomaga oʼzgartirish va qoʼshimchlar kiritish yozma ravishda rasmiylashtirilgan va taraflar tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy xisoblanadi.
8.5. Mazkur shartnoma taraflarning kelishuvi bilan, bir tomon boshqa tomonni shartnomani bekor qilish vaqtidan 30 kun oldin ogohlantirgan holda bekor qilinishi mumkin.
8.6. Hisob-Shartnoma 2 nushada tuzilgan boʼlib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega hisoblanadi va taraflarga bir nushadan beriladi.
8.7. Taraflarning manzili yoki xisob raqamlari oʼzgargan xollarda ushbu oʼzgarish toʼgʼrisida boshqa tarafga 3 kun ichida xabar beradi.



Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling