OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
12-SONLI BHMS
MOLIYAVIY INVESTISIYALARNI HISOBGA OLISH
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 16 yanvarda 596-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʼzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʼlib hisoblanadi.
Mazkur standartning maqsadi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usulini aniqlash va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar boʼyicha axborotlarni yoritib berish hisoblanadi.
Mazkur standartda foydalanilgan atamalar:
Moliyaviy investitsiyalar — xoʼjalik yurituvchi subʼekt tasarrufidagi (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) daromad olishga moʼljallangan, investitsiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar — muomalada boʼlish muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitsiyalar.
Uzoq muddatli investitsiyalar — qisqa muddatli (joriy) investitsiyadan tashqari barcha investitsiyalar.
Koʼchmas mulkka investitsiya — investitsiya qiluvchi subʼektning yoki investitsiya qiluvchi subʼekt guruhiga kiruvchi boshqa subʼektning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer maydonlariga yoki imoratlarga investitsiyalar.
Joriy qiymat — bir-biriga qaram boʼlmagan, lekin sotib olishni xohlagan xabardor xaridor bilan sotishni xohlayotgan xabardor sotuvchi oʼrtasida aktiv almashtiriladigan summa.
Bozor qiymati — bu investitsiyalarning aktiv bozorda aniqlanadigan summasi.
Bozordagi — bozor qiymati(yoki bozor qiymatini hisoblash imkonini beradigan boshqa biror koʼrsatkich) aniqlanadigan aktiv bozorning mavjudligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |