Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


Download 327.84 Kb.
bet1/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
BHMS Kitobi


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
1-SONLI BHMS
HISOB SIYOSАTI VА MOLIYAVIY HISOBOT
[Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]
Mazkur BHMS xoʼjalik yurituvchi subʼektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini taʼminlash maqsadida xoʼjalik yurituvchi subʼekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun asoslarni belgilab beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun mazkur standart xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning hisob siyosati va moliyaviy hisobotiga asos boʼladigan kontseptsiyani hamda moliyaviy hisobotning mazmuniga minimal talablarni koʼzda tutadi. Аyrim operatsiyalar va hodisalarni aks ettirish, oʼlchash va yoritib berish uchun batafsil talablar boshqa BHMSlarda bayon qilinadi. Mazkur standart moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi kerak boʼlgan axborotlarga talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy hisobotga qoʼshimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari mumkin. Mazkur standartda hisob siyosati deganda xoʼjalik yurituvchi subʼektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qoʼllaydigan usullari, ularning printsip va asoslari bilan birgalikdagi jamlamasi tushuniladi. Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga uni guruhlarga ajratish metodlari va xoʼjalik faoliyati faktlarini baholash, aktivlar qiymatini toʼlash, hujjatlar aylanmasini, inventarizatsiyani tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schyotlarini qoʼllash usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash va boshqa tegishli usullar, uslublar va metodlar kiradi. Xoʼjalik yurituvchi subʼektning hisob siyosati subʼekt rahbari tomonidan mazkur BHMS asosida xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyatining turli yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotda keltiriladigan moliyaviy koʼrsatkichlari bir-biriga qiyoslanadigan boʼlishi uchun shakllantiriladi. Moliyaviy hisobot xoʼjalik yurituvchi subʼekt alohida mustaqil xoʼjalik yurituvchi subʼektligi yoki xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning konsolidatsiyalashgan guruhiga kirishidan qatʼi nazar shu xoʼjalik yurituvchi subʼektning maʼlum bir davrdagi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. Moliyaviy hisobotlar maqsadi boʼlib iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng foydalanuvchilar doirasiga zarur boʼlgan xoʼjalik yurituvchi subʼektning moliyaviy holati, uning faoliyati koʼrsatkichlari toʼgʼrisida va pul mablagʼlarining harakati haqida axborotni taqdim etish hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlar xoʼjalik yurituvchi subʼektning rahbariyati tomonidan amalga oshiriladigan resurslarni boshqarish natijalarini ham koʼrsatadi. Mazkur standart maqsadiga erishish uchun moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga pul mablagʼlari harakati prognoz qilish, xususan pul mablagʼlari va ularning ekvivalentlari shakllanishi muddatlari hamda ehtimolligini belgilashda yordam beradigan quyidagi axborotlarni oʼzida mujassam etishi kerak: Xoʼjalik yurituvchi subʼekt nazorati ostidagi aktivlar toʼgʼrisida (naqd pul mablagʼi tushumlarining yoki boshqa iqtisodiy manfaatlarning manbai boʼlgan aktivlar toʼgʼrisida); Xoʼjalik yurituvchi subʼektning majburiyatlari toʼgʼrisida (pul mablagʼlarining yoki boshqa iqtisodiy foydaning ehtimol tutilgan kamayishi manbalari boʼlgan); Xoʼjalik yurituvchi subʼektning taqsimlanmagan foydasi toʼgʼrisida (xoʼjalik yurituvchi subʼektning iqtisodiy resurslari va majburiyatlariga bir hisobot davridan boshqasiga oʼzgartish kiritadigan, bundan mulk egalarining badallari va mulk egalariga toʼlovlar mustasno); Pul mablagʼining harakati toʼgʼrisida (kelgusida pul oqimlarining imkoniyatli harakati koʼrsatkichi sifatida). Bunday axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xoʼjalik yurituvchi subʼektning dividendlar va foizlarni toʼlash, shuningdek majburiyatlar boʼyicha oʼz vaqtida hisob-kitob qilish imkoniyatlarini baholash uchun zarur. Xoʼjalik yurituvchi subʼektning rahbari hisob siyosati uchun, shuningdek xoʼjalik yurituvchi subʼektning moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgardir.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yillik moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat bo‘ladi:
1. Buxgalteriya balansi — 1-shakl;
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-shakl;
3. Pul oqimlari haqidagi hisobot — 4-shakl;
4. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5-shakl;
5. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Davriy (choraklik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining kamligi bilan farq qilishi mumkin.

Download 327.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling