Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]
Tovar-moddiy zaxiralarni olishga ishonchnoma
Download 327.84 Kb.
|
BHMS Kitobi
Tovar-moddiy zaxiralarni olishga ishonchnoma
Tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralar olish uchun ishonchli shaxsga yozma ishonchnoma beradi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma boʼyicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi. Tovar-moddiy zaxiralarni olishga ishonchnomalar tashkilot ixtiyoriga koʼra mazkur Standartning 1-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar ishonchnomalar daftarida hisobga olingan hollarda) yoki mazkur Standartning 2-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar ishonchnomalar jurnalida hisobga olingan hollarda) rasmiylashtiriladi. Ishonchnomalar tashkilot rahbari yoki boshqa masʼul boʼlgan vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi. Tegishli texnik vositalar mavjud boʼlganda, ishonchnoma axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini qoʼllagan holda elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini qoʼllagan holda elektron ishonchnomalar mazkur Standartning ilovalariga muvofiq shaklda tuziladi. Elektron ishonchnomalarni saqlashda ularni olish va qogʼoz shaklidagi nusxalarini taqdim etish imkoniyati taʼminlangan boʼlishi shart. Elektron ishonchnomalar javobgar shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Ishonchnomani berishda tashkilot tanlagan shaklga bogʼliq holda ishonchnoma ishonchnomalar daftarida yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida roʼyxatdan oʼtkaziladi. Ishonchnomalar daftari raqamlanadi va ip bilan tikiladi. Daftarning soʼnggi varagʼida tashkilot rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin «Mazkur daftarda ... varaq raqamlandi» degan yozuv qayd etiladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʼrsatiladi. Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish mazkur Standartning 3-ilovasiga muvofiq shaklda raqamlangan va ip bilan tikilgan jurnalda olib boriladi. Jurnalning soʼnggi varagʼida tashkilot rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin «Mazkur jurnalda ... varaq raqamlandi» degan yozuv qayd etiladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʼrsatiladi. «Ishonchnomalar daftari» va «Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali» ishonchnomalarni roʼyxatdan oʼtkazish uchun masʼul boʼlgan shaxsda saqlanishi lozim. Toʼliq yoki qisman toʼldirilmagan ishonchnomalarni berish taqiqlanadi. Ishonchnoma elektron shaklda rasmiylashtirilganda ishonch bildirilayotgan shaxsning imzo namunasi rekviziti toʼldirilishi talab etilmaydi. Ishonchnomaning amal qilish muddati tovar-moddiy zaxiralarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bogʼliq ravishda belgilanadi, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatdan oshmasligi kerak. Ishonchli shaxsni unga berilgan amal qilish muddati hali tugamagan ishonchnomalar boʼyicha tovar-moddiy zaxiralarni olish huquqidan mahrum qilishda ularni oluvchi darhol tegishli ishonchnomalarning bekor qilinganligi haqida yetkazib beruvchini xabardor qiladi. Bunday xabarnoma olingan paytdan boshlab bekor qilingan ishonchnoma boʼyicha tovar-moddiy zaxiralarni berish toʼxtatiladi. Ishonchli shaxs tovar-moddiy zaxiralarni olgandan soʼng topshiriqlar bajarilganligi va u olgan tovar-moddiy zaxiralar omborga (omborxonaga) topshirilganligi toʼgʼrisidagi hujjatlarni tashkilot buxgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etadi. Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi sanada uni bergan tashkilotga qaytarilishi kerak. Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi toʼgʼrisida ishonchnomalar daftarida («Topshiriq bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatning raqami va sanasi» ustunida) yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida («Ishonchnoma boʼyicha topshiriqlar bajarilganligi toʼgʼrisidagi qaydlar» ustunida) qayd etiladi. Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar «foydalanilmagan» yozuvi bilan soʼndiriladi va ularni roʼyxatdan oʼtkazish uchun javobgar boʼlgan shaxs tomonidan hisobot yili oxiriga qadar saqlanadi. Hisobot yili tugagach foydalanilmagan ishonchnomalar yoʼq qilinadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Аmal qilish muddati tugagan ishonchnomalardan foydalanish toʼgʼrisida hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berilmaydi. Ishonchnomalar amal qilish muddatidan qatʼi nazar tovar-moddiy zaxiralarning dastlabki berilishida yetkazib beruvchida qoldiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni qismlarga boʼlib berishda har bir berilgan qismga yukxat (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki boshqa tegishli hujjat) tuziladi, unda ishonchnoma raqami va u berilgan sana koʼrsatiladi. Bunday hollarda yukxatning (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki boshqa tegishli hujjatning) bir nusxasi tovar-moddiy zaxiralarni oluvchiga beriladi, boshqasi yetkazib beruvchida qoladi hamda ishonchnomaga koʼra boyliklarni berish ustidan kuzatuv va nazorat uchun qoʼllaniladi. Tovar-moddiy zaxiralar berilganidan keyin ishonchnoma ishonchnomalar boʼyicha topshirilayotgan boyliklarning oxirgi turkumini berish uchun hujjat bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi. Tashkilot ishonchnomalari boʼyicha tovar-moddiy zaxiralar quyidagi hollarda berilmaydi: Toʼldirish tartibini buzgan holda yoki toʼldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda; Tuzatilgan va boʼyalgan joylari mavjud boʼlgan ishonchnomalar taqdim etilganda; Ishonchnomada koʼrsatilgan shaxsning pasporti taqdim etilmaganda; Ishonchnoma berilgan muddat tugaganda; Qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi toʼgʼrisida xabar olinganda; Uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning faoliyati toʼxtatilganda. Ishonchnomalar berishning belgilangan tartibiga rioya etilishi hamda tovar-moddiy zaxiralarni ishonchnomalar boʼyicha berish ustidan nazorat qilish tashkilot rahbari tomonidan belgilangan masʼul shaxs zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS)ga 1-ILOVA
Download 327.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling