Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]
Download 327.84 Kb.
|
BHMS Kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlangʼich qiymat
- Joriy qiymat
- Qoldiq (balans) qiymat
Foydali xizmat muddati — korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni moʼljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori. Qoʼshimcha qurish, qoʼshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish boʼyicha ishlar tugatilganidan soʼng foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar uchun foydali xizmat muddati boʼlib ushbu ishlar tugatilganidan soʼng mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytdan boshlab korxona tomonidan asosiy vositalardan foydalaniladigan vaqt davri yoki korxona ushbu asosiy vositalardan foydalanishdan olishni kutayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) miqdori hisoblanadi;
Boshlangʼich qiymat — asosiy vositalarni yaratish (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish boʼyicha qilingan xarajatlarning qiymati, shu jumladan toʼlangan va qoplanmaydigan soliqlar (yigʼimlar), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogʼliq boʼlgan yetkazib berish va montaj qilish, oʼrnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlar; Joriy qiymat — maʼlum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari boʼyicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar oʼrtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʼlgan summa; Qoldiq (balans) qiymat — jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlangʼich (tiklash) qiymati; Tugatish qiymati — asosiy vositalarning chiqib ketishi boʼyicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chogʼida olinadigan aktivlarning kutilayotgan summasi. Аsosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning oʼzida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: Bir yildan ortiq xizmat muddati; Bir birlik (toʼplam) uchun qiymati Oʼzbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq boʼlgan buyumlar. Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilash huquqiga ega. Xizmat muddati va qiymatidan qatʼiy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: Maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun moʼljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar); Maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal; Koʼrpa-toʼshaklar; Kantselyariya ashyolari (kalьkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo); Oshxona inventari, shuningdek oshxona choyshablari; Barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshooatlar, moslamalar va qurilmalar; Foydalanish muddati bir yildan kam boʼlgan almashtiriladigan uskunalar; Ovlash qurollari (trallar, yoyma toʼrlar, toʼrlar, jihozlar, merejlar va hokazo). Аsosiy vositalar tarkibida qonunchilik hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga topshirilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi. Koʼp yillik koʼchatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar obʼektlariga kapital qoʼyilmalar har yili butun ishlar majmui yakunlangan sanadan qatʼiy nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Аsosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi boʼlib inventarь obʼekti hisoblanadi. Аsosiy vositalarning inventarь obʼekti sifatida barcha qurilmalari va jihozlariga ega boʼlgan obʼekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun moʼljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan ishlarni bajarish uchun moʼljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning majmui — umumiy moslamalarga va jihozlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum oʼz vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli maqsadlarga moʼljallangan bitta yoki bir nechta buyumlardir. Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obʼektlar mavjud boʼlganda, har bir bunday obʼekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventarь obʼekt sifatida tan olinadi. Ikki yoki undan ortiq korxona mulki boʼlgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi. Аsosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar: Korxonaga kelgusida aktiv bilan bogʼliq iqtisodiy naf kelib tushishiga ishonch boʼlsa; Aktiv qiymatini aniq baholash mumkin boʼlsa. Download 327.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling