Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI


Download 327.84 Kb.
bet9/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
BHMS Kitobi

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
5-SONLI BHMS
ASOSIY VOSITALAR
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 20 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1299]
Mazkur standartning maqsadi mulk, xoʼjalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xoʼjalik yurituvchi subʼektga (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) tegishli boʼlgan asosiy vositalar hisobi uslubiyotini aniqlash hisoblanadi. Аsosiy vositalarni hisobga olishdagi asosiy qoidalar asosiy vositalarning aktiv sifatida tan olish paytini aniqlash, ularning mazkur aktivlarga nisbatan qoʼllanilishi shart boʼlgan balans qiymatini va amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa oʼzgarishlarni va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi.
Mazkur standartda qoʼllaniladigan atamalar:
Asosiy vositalar — korxona tomonidan uzoq muddat davomida xoʼjalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʼrsatish jarayonida yoxud maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar;
Amortizatsiyalanadigan_qiymat'>Amortizatsiyalanadigan qiymat — kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda moliyaviy hisobotlarda koʼrsatilgan aktivning boshlangʼich (tiklash) qiymati summasi. Boshlangʼich qiymati qoʼshimcha qurish, qoʼshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish ishlari boʼyicha xarajatlar summasiga oshirilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiyalanadigan qiymat boʼlib, ushbu ishlar tugatilganidan soʼng kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chiqarib tashlagan holda mazkur asosiy vositalar ekspluatatsiyaga kiritilgan paytda aniqlangan ularning qoldiq (balans) qiymati hisoblanadi;
Amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va oʼtkazish koʼrinishida eskirishning qiymat ifodasi;

Download 327.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling