Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


Daromadga kiritiladigan subsidiyalar


Download 327.84 Kb.
bet17/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
BHMS Kitobi

Daromadga kiritiladigan subsidiyalar — bu aktivlarga kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalari.
Qaytarmaslik asosidagi subsidiyalar — bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib beradigan subsidiyalar.
Xoʼjalik yurituvchi subʼektning davlat yordamini olishi ikkita sababga koʼra moliyaviy hisobotni tayyorlashdagi jiddiy holdir:

  • Аgar resurslar oʼtkazib boʼlingan boʼlsa, ularni buxgalterlik hisob-kitobida toʼgʼri aks ettirish kerak;

  • Hisobot davri davomida xoʼjalik subʼekti uchun bunday yordamni olishning ahamiyatini koʼrsatgan maʼqul.

Bu esa xoʼjalik subʼektlarining moliyaviy hisobotlarini avvalgi davrlardagi hisobotlar va boshqa subʼektlarning hisobotlari bilan taqqoslashga koʼmaklashadi.
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
11-SONLI BHMS
ILMIY-TADQIQOT VA TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLAB CHIQISHLARGA XARAJATLAR
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 28 dekabrda 581-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Ushbu standartning maqsadi ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlarni buxgalteriyada hisobga olish usulini belgilashdan iborat. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlariga xarajatlarni hisobga olishning asosiy masalasi bunday xarajatlarni aktiv yoki xarajat sifatida tan olishdan iborat. Ularni aktiv yoki xarajat deb tan olishning mezonlari moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish Kontseptaul asoslarida belgilab qoʼyilgan.
Bu standartda foydalanilgan atamalar:
Ilmiy-tekshirish ishlari — yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va gʼoyalarni olish maqsadida oʼtkaziladigan yangi va rejali izlanishlar.
Tajriba-konstruktorlik ishlari — yangi yoki jiddiy tarzda yaxshilangan materiallar, mexanizmlar, mahsulotlar, texnologiyalar, tizimlar yoki xizmatlarni rejalashtirish yoxud loyihalashtirish uchun, ularni tijorat maqsadlarida ishlab chiqarishdan yoki foydalanishdan oldin, ilmiy-tekshirish ishlari natijalarini yoki boshqa bilimlarni qoʼllash.

Ilmiy-tekshirish faoliyatiga quyidagilar kiradi:



  • Yangi bilimlar olishga qaratilgan faoliyat;

  • Ilmiy-tekshirishlar natijalarini yoki boshqa bilimlarni qoʼllanish yoʼllarini izlash;

  • Muqobil texnologiyalar yoki mahsulotlarni izlash;

  • Yangi yoki ancha yaxshilangan mahsulot yoki muqobil texnologiyani ishlab chiqish va boshqalar.

Tajriba-konstruktorlik faoliyatiga quyidagilar kiradi:

  • Muqobil texnologiyalar yoki mahsulotlarni baholash;

  • Tajriba namunalari va modellarini loyihalashtirish, ularni yasash va sinab koʼrish;

  • Yangi texnologiyalarni qoʼllanib, asboblar, qisqich moslamalari, quyilma qoliplar va matritsalarni ishlab chiqish;

  • Miqyoslari boʼyicha tijorat ishlab chiqarishi maqsadlarga moʼljallanmagan eksperimental qurilmalarni loyihalashtirish, yasash va sinab koʼrish va boshqalar.

Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan chambarchas bogʼliq boʼlgan, lekin ular qatoriga qoʼshilmaydigan faoliyat turlari:

  • Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida muhandislik jihatidan madad berish;

  • Ishlab chiqarish jarayonida sifatni nazorat qilish, jumladan mahsulotni har kuni sinab koʼrish;

  • Ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan nosozliklarni bartaraf etish;

  • Mavjud mahsulotni yangilashga, kengaytirishga yoki boshqa yoʼl bilan sifatini yaxshilashga qaratilgan kundalik saʼy-harakatlar va boshqalar.


Download 327.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling