Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
Download 327.84 Kb.
|
BHMS Kitobi
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
15-SONLI BHMS BUXGАLTERIYA BALANSI [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 20 martda 1226-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] 1. Mazkur standartning maqsadi buxgalteriya balansida aktivlar, o‘z sarmoyasi va majburiyatlarning mohiyati va taqdim etilishini belgilash hisoblanadi. Standart moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida buxgalteriya balansini topshirish chog‘ida oshkor qilinadigan axborotga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi. Ushbu talablar boshqa standartlarda mavjud bo‘lgan hamda buxgalteriya hisobining o‘ziga xos muammolarini qamrab oladigan oshkor qilish talablariga muvofiq to‘ldirilishi mumkin. 2. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik yurituvchi sub'ektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor qiladi. 3. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan (byudjet tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya balansini tayyorlash va oshkor qilish jarayonida mazkur standart talablari bajarilishi lozim. 4. Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan to‘ldiriladi. 5. Buxgalteriya balansining manzil qismida xo‘jalik yurituvchi sub'ektning hisobot sanasi, nomi, tarmog‘i, mulk shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va to‘liq yuridik manzili, xo‘jalik yurituvchi sub'ekt egaligida bo‘lgan organning nomi, buxgalteriya balansini tayyorlash chog‘ida foydalanilgan o‘lchov birligi ko‘rsatilishi shart. 6. Buxgalteriya balansi hisobot davri boshidagi va oxiridagi tegishli ma'lumotlarni oshkor qilishi kerak. 7. Joriy aktivlar va joriy majburiyatlar moddalari sal'dolanmaydi. Buxgalteriya balansining ayrim moddalari boshqa moddalarga kiritilmaydi va ular bilan sal'dolanmaydi. 8. Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilish xo‘jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo‘ladi. 9. Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq muddatli va joriy majburiyatlarning umumiy summasi oshkor qilinishi kerak. 10. Uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar tushunchalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosda hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998 yil 26 iyulda 17-07/85-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS) «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»da keltirilgan. Download 327.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling