Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI


Download 327.84 Kb.
bet19/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
BHMS Kitobi

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
14-SONLI BHMS
XUSUSIY KAPITAL TO’G’RISIDA HISOBOT
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 7 aprel
1335-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur standartning maqsadi, xususiy kapital bilan bogʼliq axborotni aks ettirishni tartibga solish, shuningdek, xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobot mazmunini belgilash hisoblanadi. Standart moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobotni taqdim etishda yoritib berilishi lozim boʼlgan axborotlarga qoʼyiladigan talablardan tarkib topgan. Ushbu talablar boshqa standartlarda mavjud boʼlgan va xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobotning oʼziga xos muammolarini qamrab oladigan yoritib berish talablariga muvofiq toʼldirilishi mumkin. Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan (byudjet tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) xususiy kapital toʼgʼrisidagi axborotni tayyorlash va yoritib berish jarayonida mazkur standart talablari rioya etishlari kerak.
Xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobotni tuzishning maqsadi boʼlib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga boʼlgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi oʼzgarishlar toʼgʼrisidagi axborotni yoritib berish hisoblanadi.
Xususiy kapital tushunchasi Oʼzbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi Qonuni, Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos va Oʼzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-son BHMS) «Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar» da keltirilgan. Xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobotning manzilli qismida hisobot sanasi, xoʼjalik yurituvchi subʼektning nomi, tarmogʼi, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va toʼliq yuridik manzili, xoʼjalik yurituvchi subʼekt uning egaligida boʼlgan organning nomi, xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobotni tayyorlash vaqtida foydalanilgan oʼlchov birligi koʼrsatilishi lozim.
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari toʼgʼrisida, ustav kapitali, qoʼshilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), sotib olingan xususiy aktsiyalar va boshqa xususiy kapital elementlari toʼgʼrisidagi axborot yoritib berilishi lozim.
Xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobot xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobot davri boshiga va oxiriga boʼlgan tegishli axborotni yoritib berishi kerak.
Hisobotda hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida boʼlgan oʼzgarishlar haqidagi axborot yoritib berilgan boʼlishi kerak. Buning uchun quyidagilar toʼgʼrisidagi axborotlarni yoritib berish kerak: qimmatli qogʼozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aktsiyalar koʼrinishida toʼlanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari.
Xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobotda quyidagilar toʼgʼrisidagi axborot ham yoritib berilishi kerak: chiqarilgan aktsiyalar soni, aktsiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aktsiyalar soni.
Ikki hisobot davri oʼrtasida xususiy kapital tarkibidagi oʼzgarishlar moliyaviy hisobotlarda qabul qilingan va yoritib beriladigan baholashning aniq printsipidan kelib chiqqan holda hisobot davri davomidagi sof aktivlarning koʼpayishi yoki kamayishini aks ettiradi.
Mazkur standartda sof aktivlar deganda xoʼjalik yurituvchi subʼektning oʼz mablagʼlari bilan taʼminlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, yaʼni xoʼjalik yurituvchi subʼektning qarz majburiyatlaridan ozod boʼlgan mol-mulk qiymati tushuniladi.

Download 327.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling