Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI


Download 327.84 Kb.
bet15/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
BHMS Kitobi

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
9-SONLI BHMS
PUL OQIMI TO’G’RISIDAGI HISOBOT
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 4 noyabrda 519-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida» Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xoʼjalik yurituvchi subʼektning moliyaviy ahvolidagi oʼzgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani toʼgʼrisidagi axborot bilan taʼminlaydi.
Ushbu standartning maqsadi xoʼjalik yurituvchi subʼektning pul mablagʼlari va ularning ekvivalentlari boʼyicha majburiy ravishda axborot taqdim etishini belgilab qoʼyishdan iborat. Bu axborot pul mablagʼlari oqimi toʼgʼrisidagi hisobot koʼrinishida boʼlib, unda hisobot davrida operatsion, investitsiya va moliya faoliyatida yuz beruvchi pul oqimlari harakati tasnif etiladi.
Ushbu standartda foydalanilgan tushunchalar:
Pul mablagʼlari — kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablagʼlar.
Pul ekvivalentlari — maʼlum pul mablagʼiga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi oʼzgarishlar tufayli uncha koʼp boʼlgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qoʼyilmalar).
Pul oqimlari — pul mablagʼlari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobot — hisobot davrida pul mablagʼi oqimlarini batafsil koʼrsatuvchi koʼrsatkichlar yigʼindisi.
Operatsion faoliyati — xoʼjalik yurituvchi subʼektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek subʼektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid boʼlmagan oʼzga xoʼjalik faoliyati.

Download 327.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling