Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


Belgilangan narxdagi qurilish pudrati shartnomasi


Download 327.84 Kb.
bet23/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
BHMS Kitobi

Belgilangan narxdagi qurilish pudrati shartnomasi — ushbu shartnomaga ko‘ra taraflar qurilish ishlarining belgilangan narxiga (qiymatiga) yoki o‘zgaruvchan narx haqida qayd etgan holda bajarilgan ishlar birligining belgilangan stavkasiga rozilik bildiradigan shartnomadir.
Kelishilgan narx bo‘yicha qurilish pudrati shartnomasi — ushbu shartnomaga ko‘ra qurilish ishlarini bajarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan buyurtmachi yo‘l qo‘yadigan miqdordagi haqiqiy xarajatlar, shu jumladan shartnomada qayd etilgan mukofot puli bilan birga pudratchiga to‘lanadi.
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
19-SONLI BHMS
INVENTARIZASIYANI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 2 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 833]
Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti (keyingi o‘rinlarda — standart) «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mazkur standart asosiy faoliyati byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qo‘shgan holda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizasiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Inventarizasiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;

  • haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan solishtirish;

  • majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.

Xo‘jalik yurituvchi sub'ektning joylashgan joyidan qat'i nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizasiya qilinadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi sub'ektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas'ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizasiya qilinishi kerak. Mol-mulkni inventarizasiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Quyidagi hollarda inventarizasiya o‘tkazilishi majburiy:
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini o‘zgartirish (davlat tasarrufidan chiqarilgan) da; yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizasiyasi hisobot yilining 1 oktyabridan keyin o‘tkazilgan mol-mulk mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralar» ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizasiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) «Asosiy vositalar» ga muvofiq asosiy vositalar inventarizasiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qat'iy hisobdagi blanklar inventarizasiyasi oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho metallar — tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar inventarizasiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda o‘tkaziladi:

  • asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda;

  • moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida);

  • o‘g‘irlik yoki suiiste'mol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda;

  • tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;

  • xo‘jalik yurituvchi sub'ekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizasiya jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a'zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a'zolari talabi bilan o‘tkaziladi.

Download 327.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling