Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
Download 327.84 Kb.
|
BHMS Kitobi
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
22-SONLI BHMS CHET EL VALYUTASIDA IFODALANGAN AKTIVLAR VA MAJBURIYATLARNING HISOBI [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 21 mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1364] 1. Mazkur BHMSning maqsadi bo‘lib chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibini belgilash hisoblanadi. 2. Mazkur BHMSning amal qilishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha tashkilotlarga (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar) tatbiq etiladi. 3. Mazkur BHMS ta'sis hujjatlari va boshqalarda qayta hisoblash talab qilingan hollarda, so‘mda tuzilgan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini chet el valyutasiga qayta hisoblashda qo‘llanilmaydi. 4. O‘zbekiston Respublikasida barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar milliy valyutada ― so‘mda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi shart, agarda qonunchilikda boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. 5. Mazkur Standartda qo‘llaniladigan atamalar: O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi faoliyat ― O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan xo‘jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida mustaqil balansga ajratilmagan tarkibiy bo‘linmalar orqali amalga oshiriladigan faoliyat; xorijiy valyutada operatsiyani amalga oshirish sanasi ― qonunchilik hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub'ektda chet el valyutasidagi operatsiyaning natijasi hisoblangan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish huquqi yuzaga kelgan kun. 6. Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘lib chet el valyutasida amalga oshiriladigan bitim hisoblanadi, qachonki xo‘jalik yurituvchi sub'ekt: aktivlar, ishlar va xizmatlarni chet el valyutasida xarid qiladi yoki realizasiya qiladi; to‘lash yoki olish summalari chet el valyutasida belgilangan kreditlar yoki qarzlarni olganda yoki taqdim etganda; chet el valyutasidagi majburiyatlarni o‘ziga qabul qilganda yoki majburiyatlarni qoplaganda, yoxud olinadigan schyotlarga ega bo‘lganda. 7. Chet el valyutalarining so‘mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursining (keyingi o‘rinlarda ― Markaziy bank kursi) o‘zgarishiga hamda aktivlar va majburiyatlarni qayta hisoblashga bog‘liq holda ijobiy yoki salbiy kurs farqi yuzaga keladi. Download 327.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling