OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
8-SONLI BHMS
SHU’BA XOʼJАLIK JАMIYATLАRIGА SАRMOYALАRNI HISOBGА OLISH VА KONSOLIDАTSIYALАSHGАN MOLIYAVIY HISOBOTLАR
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 28 dekabrda 580-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) Oʼzbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy jihatdan tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Ushbu BHMSning maqsadi xoʼjalik yurituvchi bosh jamiyat (bundan buyon «bosh jamiyat» deb yuritiladi) nazorati ostidagi xoʼjalik yurituvchi jamiyatlar guruhining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini belgilab berishdan iborat.
Ushbu standartda shuʼba xoʼjalik jamiyatlariga investitsiyalarni bosh jamiyatning alohida moliyaviy hisobotida hisobga olish tartibi ham koʼrib chiqiladi.
Bu standart quyidagilarga nisbatan qoʼllanilmaydi:
Qoʼshma faoliyatdagi investitsiyalarni hisobga olishga («Qoʼshma faoliyatdagi ishtirok ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi milliy standartiga qarang).
Uyushgan korxonalarga investitsiyalarni hisobga olishga.
Ushbu standartning talablari vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlarining qoʼshma moliyaviy hisobotiga nisbatan ham qoʼllanilmaydi.
Bu standartda foydalanilgan tushunchalar:
Nazorat (bu standartga nisbatan qoʼllanilganda) — xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning moliyaviy va xoʼjalik siyosatini uning faoliyatidan foyda olish maqsadida belgilash huquqi.
Shuʼba xoʼjalik jamiyati (bundan buyon «shuʼba jamiyat» deb yuritiladi) — bosh jamiyat tomonidan nazorat qilinadigan xoʼjalik yurituvchi subʼekt.
Bosh jamiyat — bir yoki bir necha kichik jamiyatlarga ega boʼlgan xoʼjalik yurituvchi subʼektdir.
Guruh — bosh jamiyat va unga qarashli barcha shuʼba jamiyatlar.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar — hisobot sanasidagi moliyaviy ahvolni va xoʼjalik yurituvchi jamiyatlar guruhining hisobot davri uchun moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi koʼrsatkichlar tizimi.
Аlohida moliyaviy hisobotlar — guruh har bir aʼzosining konsolidatsiyalash lozim boʼlgan hisoboti.
Kamchilik ulushi — shuʼba jamiyat xoʼjalik faoliyatining sof daromadlari (zararlari) hamda sof aktivlarining bosh jamiyatning bevosita yoki bilvosita shuʼba jamiyatlardagi ishtiroki ulushiga toʼgʼri kelmaydigan qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |