Investitsiya faoliyati — pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obʼektlarini sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat — xoʼjalik yurituvchi subʼektning faoliyati boʼlib, uning natijasida oʼz mablagʼi va qarz mablagʼlari miqdori va tarkibida oʼzgarishlar yuz beradi.
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
10-SONLI BHMS
DАVLАT SUBSIDIYALАRINING HISOBI VА DАVLАT YORDАMI BOʼYICHА KOʼRSАTILАDIGАN MА'LUMOTLАR
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 3 dekabr, 562-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Ushbu Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) Oʼzbekiston Respublikasining «Buxgalterlik hisob-kitobi toʼgʼrisida»gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish tizimining bir qismidir.
Ushbu standartning maqsadi buxgalteriya hisob-kitobi tamoyillarini belgilab olishdan va xoʼjalik yurituvchi subʼektlar olgan davlat subsidiyalarini yoxud boshqa turdagi davlat yordamini moliyaviy hisobotda aks ettirishdan iborat.
Ushbu Standartda foydalaniladigan tushunchalar:
Davlat subsidiyalari — xoʼjalik yurituvchi subʼektning operatsiya faoliyatiga taalluqli muayyan sharoitlarda xoʼjalik yurituvchi subʼektga resurslarni berish tarzida hukumat tomonidan beriladigan yordam.
Davlat yordami — muayyan mezonlar bilan qanoatlantiruvchi bitta yoki bir qator xoʼjalik yurituvchi subʼektlar iqtisodiy yordam berish uchun davlat koʼrilgan aktsiya. Ushbu standart maqsadlari uchun davlat yordami faqat bevosita, rivojlanib borayotgan sektorlarda infratuzilmalarni vujudga keltirish yoki raqobatchilarga savdo cheklashlarini joriy etish singari umumiy savdo shartlariga taʼsir etuvchi xatti-harakatlar vositasida beriladigan imtiyozlarni oʼz ichiga olmaydi.
Аktivlarga kiritiladigan subsidiyalar — bu uzoq muddatli aktivlarni muayyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida xoʼjalik subʼektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |