Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI


Download 327.84 Kb.
bet12/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
BHMS Kitobi

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
7-SONLI BHMS
NOMODDIY AKTIVLAR
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 27 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1485]
1. Mazkur BHMSning maqsadi mulk, xoʼjalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari xoʼjalik yurituvchi subʼektga (keyingi oʼrinlarda — korxona) tegishli boʼlgan nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirishni uslubiyotini belgilash hisoblanadi
2. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishning asosiy qoidalari boʼlib: tan olish paytini belgilash, balans qiymatini, foydali xizmat muddatini baholash, amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, balans qiymatidagi boshqa oʼzgarishlarni baholash va hisobga olish hamda ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash, shuningdek ular boʼyicha axborotlarni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibi hisoblanadi.
3. Mazkur BHMSda ishlatiladigan asosiy atamalar va taʼriflar:

  • nomoddiy aktivlar — korxona tomonidan uzoq muddat mobaynida ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʼrsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud maʼmuriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun ushlab turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega boʼlmagan identifikatsiyalanadigan mol-mulk obʼektlari.

  • amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va kiritish;

  • amortizatsiyalanadigan qiymat — kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda aktivning boshlangʼich (qayta tiklash) qiymati summasi;

  • foydali xizmat muddati — korxona tomonidan aktivdan foydalanish koʼzda tutilgan davr yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni moʼljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori;


  • Download 327.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling