Asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromadlar — xo‘jalik yurituvchi sub'ektning odatdagi faoliyati davri davomida vujudga keladigan xususiy kapitalni ko‘payishiga olib keladigan tushum, bundan mulk egalarining xususiy kapitalga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlar mustasno.
Joriy narxlardagi qiymat — bu aktiv realizasiya qilinishi yoki majburiyat to‘lanishi mumkin bo‘lgan summa.
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromad xo‘jalik yurituvchi sub'ektning schyotiga faqat yalpi tushumlardan olingan yoki olinishi kerak bo‘lgan tushumlardan iborat. Uchinchi shaxslar nomidan undiriladigan, xo‘jalik yurituvchi sub'ektga tushadigan va xususiy kapital ko‘payishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar singari summalar asosiy xo‘jalik faoliyati daromadiga kiritilmaydi. Vositachilik faoliyatida yalpi tushumlar asosiy xo‘jalik faoliyatdan daromad hisoblanmaydi. Bunday hollarda vositachilik mukofotlari daromad hisoblanadi.
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
3-SONLI BHMS
MOLIYAVIY NATIJALAR TO’G’RISIDAGI HISOBOT
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 484]
Mazkur standartning maqsadi bo‘lib barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunda bayon qilingan umumiy qoidalarga muvofiq ravishda hisobotni tuzish va taqdim etishlari uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning moddalarini hamda uning tasnifini bayon qilib berish hisoblanadi. Bu esa turli davrlarga doir hisobot ma'lumotlarini va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning aynan shunday hisobotlari bilan qiyoslashni ta'minlaydi. Shuningdek, standart umumxo‘jalik (odatiy) faoliyatdan va favqulodda vaziyatlardan, to‘xtatilgan faoliyatdan olingan daromadlar va zararlar moddalarini, hamda hisob bahosidagi o‘zgarishlarni, hisob siyosatidagi o‘zgarishlarni va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdagi muhim jiddiy xatolarni tuzatishlarni ham yoritib berish tartibini belgilaydi.
Ushbu standartda foydalaniladigan atamalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |