Favquloddagi daromad (zarar) — xo‘jalik yurituvchi sub'ektning odatdagi faoliyatidan aniq farq qiladigan, ya'ni tez-tez yoki muntazam sodir bo‘lmaydigan hodisalar yoki bitimlar natijasida yuzaga kelgan daromadlar yoki xarajatlarni namoyon etadi.
Umumxo‘jalik faoliyati — odatiy faoliyat hisoblangan xo‘jalik yurituvchi sub'ektning har qanday tadbirkorlik faoliyati, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub'ektning kelgusida rivojlantirishga, iqtisodiy nafini oshirishga va mustahkamlashga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
Tugatilgan faoliyat — bu xo‘jalik yurituvchi sub'ektning aktivlari, sof daromad yoki zarari va faoliyatni, shu jumladan moliyaviy hisobotlarni ajratib olinishi mumkin bo‘lgan ushbu xo‘jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatining alohida, asosiy yo‘nalishini namoyon etuvchi operatsiyani sotish yoki boshqa shaxsga berish natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Jiddiy (muhim) xatolar — joriy davrda aniqlangan xatolar bo‘lib, ular shu qadar muhim bo‘ladiki, o‘tgan davrlar moliyaviy hisobotlari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas.
Hisob siyosati — bu xo‘jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qo‘llaydigan usullari, ularning prinsip va asoslari bilan birgalikdagi jamlamasidir.
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
4-SONLI BHMS
TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 30 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3259]
Mazkur Standart moliyaviy instrumentlar hisobini yuritishga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Quyidagilar tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari hisoblanadi: tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash; tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusida xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish; tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizasiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash); tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi.
Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |