Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI


Download 327.84 Kb.
bet21/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
BHMS Kitobi

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
16-SONLI BHMS
BUXGALTERIYA BALANSI TUZILGAN SANADAN KEYINGI XO‘JALIK FAOLIYATINING NAZARDA TUTILMAGAN HOLATLARI VA YUZ BERADIGAN HODISALARI
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 23 dekabrda 578-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Ushbu Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me'yoriy tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Ushbu standartning maqsadi moliyaviy hisobotni tuzish tartibini quyidagilar bo‘yicha belgilashdan iborat:
— kutilmagan vaziyatlar bo‘yicha;
— buxgalteriya balansini tuzish sanasidan keyin xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan hodisalar bo‘yicha.
Ushbu standart kutilmagan vaziyatlarni hamda buxgalteriya balansini tuzish sanasidan keyin xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan hodisalarni hisobga olish va ochish uchun qo‘llaniladi.
Kutilmagan vaziyatlarning yuz berishiga olib keladigan quyidagi holatlar (ko‘rsatkichlar) ushbu standartning harakat doirasiga kirmaydi:
— sug‘urta kompaniyasining hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha berilgan sug‘urta polislari yuzasidan vujudga keladigan majburiyatlari;
— uzoq muddatli lizing kontraktlari bo‘yicha vujudga keladigan majburiyatlar
(«Lizing hisobi» BHMS);
— kutilmagan vaziyatlar natijasida olingan foyda (daromad) soliqlari.
Ushbu standartda foydalaniladigan terminlar:
Kutilmagan vaziyatbu shunday vaziyatki, uning pirovard natijasi (foyda yoki zarar) kelgusida bitta yoki bir nechta nomuayyan vaziyatlarning sodir bo‘lish holati bilangina tasdiqlanadi. Ya'ni bunday holatda buxgalteriya balansi tuzilganidan keyin nomuayyan vaziyatlarning sodir bo‘lishi natijasida xo‘jalik sub'ekti foyda oladi yoki zarar ko‘radi.
Buxgalteriya balansi tuzilganidan keyin sodir bo‘ladigan xo‘jalik faoliyatidagi hodisalar — bu ham ko‘ngilli ham ko‘ngilsiz hodisalarki, ular buxgalteriya balansini tuzish sanasi bilan moliyaviy hisobotni e'lon qilish uchun tasdiqlash sanasi o‘rtasidagi oraliqda yuz beradi.
Bunday hodisalarning ikki turi farqlanadi:
— buxgalteriya balansini tuzish sanasida mavjud bo‘lgan va kelgusida yuz beradigan hodisalar;
— buxgalteriya balansini tuzish sanasida (sanasidan keyin) mavjud bo‘lmagan va kelgusida yuz beradigan hodisalar.

Download 327.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling