Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI


Download 327.84 Kb.
bet24/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
BHMS Kitobi

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI BUXGАLTERIYA HISOBINING MILLIY STАNDАRTI
20-SONLI BHMS
KICHIK TADBIRKORLIK SUB'EKTLARI TOMONIDAN BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 14 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2501]
1. Mazkur BHMSning maqsadi kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etish va uning uslubiyotini aniqlash tartibini belgilash hisoblanadi.
2. Mazkur BHMS talablari barcha kichik tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan tatbiq etiladi, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno. Yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlarining daromadlari va xarajatlari hamda boshqa soliq solish ob'ektlari hisobini soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, fermer xo‘jaliklari esa, o‘zlarining buxgalteriya hisobini Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to‘g‘risida nizomga muvofiq yuritadi.
3. Kichik tadbirkorlik sub'ekti o‘z faoliyatida boshqa buxgalteriya hisobi milliy standartlari hamda buxgalteriya hisobi va hisobotining umumqabul qilingan qoidalaridan foydalanadi.
4. Buxgalteriya hisobi kichik tadbirkorlik sub'ekti rahbari tomonidan tashkil etiladi.
5. Kichik tadbirkorlik sub'ektlarining rahbari quyidagi huquqlarga ega:

  • bosh buxgalter rahbarligidagi buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;

  • buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalteriya firmasiga yuklash;

  • buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.

6. Buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
7. Kichik tadbirkorlik sub'ekti tomonidan bir nechta turdagi faoliyat amalga oshirilganda, buxgalteriya hisobi ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.

Download 327.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling