Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Ichki hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo’yicha, hisobdor shaxslar va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. Bu hisob-kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko’p hatokamchiliklarga yo’l qo’yiladigan soha bo’lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.
Ichki hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan asosiy maqsad buxgalterlik hisobotidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo’limning ishonchliligi, qo’llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat: to’liqlik – barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi,
hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yo’qligi; mavjudlik – balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo’yicha majburiyatlar mavjudligi va ushbu majburiyat summalarning katta-kichikligi; huquq va majburiyatlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari to’g’riligi uchta (shaklan, qonuniylik va haqqoniylik) mezonlaridan kelib chiqqan holda; baholashlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi; aniqligi – mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari bo’yicha xarajatlar summasi va boshqalarning to’g’ri hisoblanganligi, buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi; hisob davrining cheklanganligi – ichki hisob-kitoblarga doir barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo’lsa, aynan mana shu hisob davrida aks ettirilganligi; taqdim etish va bayon qilish – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |