Hisoblash eksperimenti
Download 1.24 Mb.
|
Sanoq sistemalari va algoritmlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritm tushunchasi
Sanoq sistemalari va algoritmlar Reja:
Sanoq sistemalari haqida ma`lumot. Sanoq sistemalarining turlari. Bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o`tish. Hisoblash eksperimenti. Algoritm tushunchasiAlgoritmning asosiy xossalari Algoritmning tasvirlash usullariChiziqli algoritmlarTarmoqlanuvchi algoritmlarTakrorlanuvchi algoritmlarIchma-ich joylashgan siklik algoritmlar Rekurrent algoritmlar. Takrorlanishlar soni no’malum bo‘lgan algoritmlar Ketma-ket yaqinlashuvchi yoki iteratsion algoritmlar. Algoritm ijrosini tekshirish. Sanoq sistemalari haqida ma`lumot. Hisoblash mashinalarining tuzilishi va ularda dasturlashtirish sanoq sistemalari bilan chambarchas bog`liq. Mavjud sanoq sistemalarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: o`rinli (pozitsion) va o`rinsiz (nopozitsion) sanoq sistemalari. O`rinli sanoq sistemasida raqam o`zining sondagi turgan o`rniga qarab turli qiymatni akslantirsa, o`rinsiz sanoq sistemasida esa raqamning qiymati uning sondagi tutgan o`rniga bog`liq emas. O`rinsiz sanoq sistemasiga qadimgi rim sanoq sistemasi misol bula oladi. Bu sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun lotin harflari ishlatiladi, ya`ni I harfi har doim birni , V harfi beshni, X-o`nni, L-ellikni, C-yo`zni, D-besh yo`zni, M-mingni va boshqalar. Bu sanoq sistemada 267 soni CCLXVII ko`rinishda ifodalanadi. Bu sanoq sistemasida har bir harf har doim bir xil sonni ifodalaydi. Shuning uchun ham katta sonlarni yozishda yangi - yangi harflarni kiritishga to`g`ri keladi. Kancha yangi harf kiritmaylik shunday sonni uylab topish mumkinki, uni mavjud harflar yordamida ifodalash murakkablashib ketadi. Rim sanoq sistemasida harflarni iqtisod qilish maqsadida yangi qoida kiritiladi. Bu qoidaga ko`ra kichik son katta sondan oldin kelsa kattasidan kichigi ayriladi va aksincha kichik son katta sondan keyin kelsa qo`shiladi. Xuddi shuningdek, bir xil qiymatli sonlar yonma-yon kelsa ular qo`shiladi. Masalan, IX–to`qqizni ifodalasa, XI-o`n birni, XX-yigirmani ifodalaydi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling