Hisoblash tarmog'ining topologiyasi reja
Download 24.03 Kb.
|
Hisoblash tarmog\'ining topologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yulduzsimon topologiya
shinali topologiya - eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan foydalanish bilan bog’liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo’yicha xar ikki tomonga tarqaladi. Oraliq uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya qilmaydi. Axborot barcha uzellarga kelib tushadi, lekin kimga jo’natilgan bo’lsa, faqat ushagina qabul qila oladi. Xizmat ko’rsatish tartibi parallel.
Bu xol shinali topologiya bilan LhTning tezkor xarakatini tahminlaydi. Tarmoqni kuchaytirish va konfiguratsiyalash, shuningdek turli tizimlarga moslashtirish oson. shinali topologiya tarmog’i aloxida uzellarning buzilish extimolligiga chidamli. Ushbu turdagi topologiya tarmog’i xozirgi kunda joriy etilgan. shuni tahkidlash lozimki, ularning ko’lami kichkina va bir tarmoq doirasida turli xildagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. Yulduzsimon topologiya markaziy uzel kontseptsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar ulanadi. har bir sirtqi (periferiya) uzel markaziy uzel bilan aloxida o’z aloqa tarmog’iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy uzel tarmoqdagi axborot okimini retranslyatsiya qiladi va yo’lga soladi. Yulduzsimon topologiya LhT uzellarining bir-biri bilan o’zaro tahsirini osonlashtiradi. Ayni paytda LhTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash qobiliyati markaziy uzelga bog’liq. Mavjud hisoblash tarmoqlarida nisbatan murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin. U yoki bu topologiyani tanlash LhTni qo’llash soxasi, uning uzellari geografik joylashuvi va tarmoq xajmi bilan belgilanadi. Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari. Zamonaviy axborot texnologiyasiga ega hisoblash texnikasidan va elektron uzatish tizimidan foydalanmay turib, zamon talabiga javob beruvchi moliyaviy muassasalarni tashkil etish mumkin emas. shu bois, bunday muassasalar xam dasturli-apparat kompleksi sifatida, xam elektron shaklda axborot uzatishning kommunikatsiya vositasi sifatida eng yirik isteomolchilar hisoblanadi. Tashkilotlarning aloxida avtomatlashtirilgan komlekslarini bog’lovchi global tarmoqlar milliy va xalqaro darajada hisob-kitoblar o’tkazish imkonini beradi. Glasnet tarmog’i. Oshkoralik kuchaygan paytda tashkil etilgan va uni o’z atamasiga aylantirgan (Glasnost-oshkoralik) Glasnet tarmog’i 1990 yildan boshlab, Rossiya axolisiga va MDhdagi bir kancha davlatlar uchun jaxon Internet kompyuter tarmog’iga kirish xizmatini tahminlaydi. Xususiy mijozlar va tarmoq xizmatidan foydalanuvchi kichik biznes vakillariga ehtibor berish - Glasnetning ajralib turuvchi xususiyati sanaladi. Bank tarmoqlari va banklararo hisob-kitoblar tizimi Xo’jalikda tulovlarning katta qismi nakd pulsiz hisob-kitob shaklida amalga oshiriladi. Nakd pulsiz aylanmaning katta axamiyati iqtisod uchun ko’plab banklararo pul o’tkazishni o’zaro hisobga olish tizimi yoki kliring bilan almashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kliringni qo’llashning nisbatan samarali soxalari quyidagicha: Markaziy Bank tizimida banklararo hisob-kitob, pul mablag’larini o’zaro o’tkazishni doimiy takrorlovchi iqtisodiy jixatdan bir-biriga bog’liq korxonalarga xizmat ko’rsatish, bir xildagi tezkor bitimlarni amalga oshirish. Kelajakda aktsionerlik kliring va hisob-kitob tuzilmalarini tashkil etish va ularni jaxon moliya tizimiga birlashtirish - bu Markaziy Bank siyosatining yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Download 24.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling