Hisoblash texnikasi va mikroprosessor asoslari


Download 428.83 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi428.83 Kb.
#1593010
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hisoblash texnikasi va mikroprosessor asoslari

xotirani o’qish va xotiraga yozish tsikllari kiradi.
Kiritish-chiqarish makoni izolyatsiya bo’lganida kiritish-chiqarish portini o’qish va kiritish-chiqarish portiga yozish tsikllari qo’shiladi.
Magistralda, ishlash tezligi MzPning ishlash tezligidan past bo’lgan qurilmalar ishlab turgan ayrim holatlarda RD, WR va shu kabi boshqa stroblar davomiyligi chetdagi modul tomonidan almashinish operatsiyasi to’g’ri bajarilishi uchun etarli bo’lmay qolishi mumkin. Magistral operatsiya muvaffaqiyatli yakun topishini tashkillashtirish uchungina CB tarkibiga maxsus READY signali kiritiladi. Kanalga murojaatlarning har bir tsiklida RD yoki WR strobasi yakuniga etishdan oldin MzP READY signalining holatini tekshiradi. Agar READY ushbu fursatda hali uloqtirib yuborilmagan bo’lsa, MzP tegishli stroba muddatini unga WS (ingl. Wait State) deb nomlanadigan kutish taktlarini o’rnatib, uzaytiradi.
Mikroprotsessorning ma’lum modeli va ish rejimiga bog’liq holda WS ning maksimal miqdori cheklangan yoki cheklanmagan bo’lishi mumkin. Magistralda amalga oshadigan ishning oddiy rejimida faqat bitta faol qurilma ishlaydi, u ham bo’lsa, MzP bo’lib, magistralda kechadigan ma’lumotlar almashinuvining barcha tsikllarini qo’zg’atadi.
Biroq, shunday holatlar ham joizki, bunda ayni bitta magistralda bir nechta faol qurilma bo’lib, ular ayni bir xotira va kiritish- chiqarish bloklari bilan ishlashi darkor bo’ladi. Boshqa faol qurilma ma’lumotlarni magistral bo’ylab uzata olishi uchun MzPni vaqtincha dezaktivatsiya qilish zarur bo’ladi. Bu maqsadda aksariyat zamonaviy mikroprotsessorlar “bevosita xotiraga kirish” (BXK) deb nom berilgan rejimda ishlay oladi. Ushbu rejim amalga oshishi uchun CB ga qo’shimcha HOLD va HLDA signallari kiritiladi. CB boshqaruv shinasining kirish qismiga HOLD ning faol sathi etib kelganida mikroprotsessor o’z dasturi ishining ijrosini to’xtatadi, shinalarining chiqish qismlarini yuqori impedan holatga o’tkazib, chiqish qismidagi faol sathni HLDA ga havola etadi. Bu esa, o’z navbatida, magistral bo’ylab almashinish tsiklini boshlash mumkinligi haqida boshqa faol qurilma uchun signal xizmatini o’taydi. Ushbu qurilma o’z almashinish tsikllarini nihoyasiga etkazgach, HOLD signalini uloqtirib yuboradi. Shundan so’ng MzP o’zining odatiy holatiga o’tib, dastur ishini davom ettiradi.
MzPdan dastur ishining me’yoriy kechishini o’zgartirish talab etiladigan boshqa ish rejimi ham mavjud bo’lib, unga “uzilish” deb nom berilgan.
Zamonaviy mikroprotsessorlarning deyarli hammasi bitta yoki bir nechta INT0, INT1 va h. k. nomlanadigan tashqaridan uzib qo’yadigan kirish qismlariga ega. Ushbu kirish qismlariga tizimda muayyan hodisalar ro’y berayotganligi haqida dalolat beruvchi signallar etib keladi. MzP esa, o’z navbatida, kelgan signallarga muayyan tarzda munosabat bildirishi lozim. Bunday kirish qismlaridan biriga faol sathli signal etib kelganida, mikroprotsessor, me’yoriy tarzda kechayotgan dastur ishi uzilib, ishni to’xtatishga sabab bo’lgan komanda manzilini xotiraga saqlaydi va muayyan manzil bo’ylab CSEGga yozilib qolgan “uzilishga ishlov berish kichik dasturi”ni (TQIKD) bajarishga kirishadi. Bunday kichik dastur manzili “
Download 428.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling