Hisoblash texnikasi va mikroprosessor asoslari


Download 428.83 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi428.83 Kb.
#1593010
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hisoblash texnikasi va mikroprosessor asoslari

uzilish vektori” deb nomlanadigan maxsus xotira uyasiga yozilgan. Dastur ishini uzgan har bir alohida manba o’z uzilish vektoriga ega. TQIKDni bajarib bo’lgach, protsessor, xotirada saqlangan manzil bo’yicha TQIKD ijrosi yakunlanadigan maxsus komandaga binoan ishi uzilgan dastur ijrosiga qaytadi. Dastur ishi uzilishiga sababchi bo’lgan manbalar jumlasiga ichki manbalar ham (ya’ni, mikrosxemaning “uzilish so’raladigan kirish qismlari” deb nomlanadigan kirish qismlaridan biriga kelishi), tashqi manbalar ham (ya’ni, muayyan sharoitlarga ko’ra protsessor ichida generatsiyalanishi) kirishi mumkin. Bir vaqtning o’zida bir nechta turlicha uzilish so’rovlari kelishi mumkinligi bois, bunday so’rovlarning har biriga alohida xizmat ko’rsatish izchilligini belgilaydigan muayyan tartib mavjud. Uning ishini MzP ichida yoki maxsus kontoller vositasida joriy etilgan “uzilishlarning ustuvor arbitraj” tizimi ta’minlaydi. Mulohaza yuritilayotgan tizimga muvofiq dastur ishi uzilishiga sababchi bo’lgan har bir manba, unga xizmat ko’rsatilish navbatini belgilab beradigan o’z ustunligiga (doimiy yoki o’zgaruvchan ustunlikka) ega. Bir vaqtning o’zida bir nechta uzilish so’rovlari kelgan paytda dastavval ustunlik darajasi yuqori, shundan so’ng past darajali uzilish so’rovlariga xizmat ko’rsatiladi. Ustunlik darajasi yuqori so’rov asosiy dastur ishini qanday to’xtatib qo’ysa, ishi boshlangan past darajali uzilishga ishlov berish kichik dasturining ishini ham xuddi shu tariqa to’xtatib qo’yishi mumkin. Ayni paytda “kiritilgan uzilish” deb ataladigan uzilish vujudga keladi.
CSEG va DSEGdan tashqari deyarli barcha zamonaviy mikroprotsessorlar RSEG (ingl. Register Sgment) dasturiy-ochiq registrlar to’plami deb ataladigan atayin ajratib qo’yilgan kichik hajmli ma’lumotlar makoniga ega. CSEG va DSEGdan farqliroq RSEG registrlari MzP ichida, uning arifmetik-mantiqiy qurilmasining bevosita yaqinida joylashgan. Bu esa, o’z navbatida, ushbu registrlar ichidagi axborotga jismonan tez kirib borilishini ta’minlaydi. RSEG registrlari ichida, odatda, MzP tomonidan tez- tez ishlatib turiladigan hisoblarning oraliq natijalari saqlanadi. RSEG sohasi DSEGning ma’lumotlar makonidan to’liq ajratilgan bo’lishi yoki u bilan qisman kesishib o’tishi yoxud uning tarkibiy qismi sifatida kiritilgan bo’lishi mumkin. RSEGning ichki mantiqiy tuzilishi turlicha bo’lib, mikroprotsessorlarning arxitekturasini tasniflashda muhim o’rin egallaydi.
Mikroprotsessor registrlari funktsional jihatdan bir xil bo’lmaydi, xususan: ularning bir turi ma’lumotlarni yoki manzilga oid axborotni saqlash uchun xizmat qilsa, boshqa turi – MzP ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunga muvofiq barcha registrlarni 
Download 428.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling