Hisoblash texnikasining instruksiyasi. Qurilmaviy ta’minot. Asosiy va atrof qurilmalarini ishlash prinsiplari. Dastur turlari


Download 30.84 Kb.
bet1/11
Sana17.06.2023
Hajmi30.84 Kb.
#1550782
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Informatika Axror

Hisoblash texnikasining instruksiyasi. Qurilmaviy ta’minot. Asosiy va atrof qurilmalarini ishlash prinsiplari. Dastur turlari

Tuzuvchi: Salomov A

Qabul qiluvchi: Xursandov H

Hisoblash texnikasining instruksiyasi

  • Hisoblash texnikasi rivojlanishining tarixi va asosiy bosqichlari. Hisoblash texnikasining rivojlanishi hozirgi Bu taraqqiyot jarayonini ko`rib chiqqanimizda bir o`rinli savol xosil bo`ladi - qanday konkret muammolar hisoblash texnikasining rivojlanishiga sabab bo`ldi va nima sababli hisoblash texnikasining xilma xil vositalari paydo bo`ldi? Bu texnokratik rivojlanish jarayoni qanday asosiy bosqichlardan iborat bo`lgan? Hisoblash texnikasining rivojlanishi tarixini shartli ravishda to`rt katta davrga bo`lishimiz mumkin.

1. Mexanik hisoblash qurilmasigacha bo`lgan davr uzoq o`tmishdan boshlanib, to 17 asr boshlarigacha davom etgan. Bunda har qanday hisoblash asbobi alohida raqam razryadlariga ega bo`lgan. Hisoblash jarayonini ma’lum holatda tosh, yog`och yoki jetonlarni o`rnashtirib turib amalga oshirishni qadimgi rimliklar "kalьkulyar" degan lotin so`z bilan atashgan. 

2. Mexanik qurilmalar davri - 17 asr boshlaridan 19 asr oxirigacha davom etgan. 1623 yil ingliz olimi V.Shikkard birinchi bo`lib oddiy qo`shish va olish amalini bajara oladigan mexanik hisoblash mashinasini yaratdi. Lekin bu mashina tor doiradagi insonlar uchungina ma’lum bo`lib, keng tarqalmadi. Shuning uchun ham bizgacha yetib kelgan birinchi mexanik hisoblash mashinasi 1641 yili frantsuz olimi B.Paskal tomonidan yaratilgan jamlash mashinasi bo`lib, u ikki amalni – qo`shish va ayirish operatsiyasini bajara olardi. 1673 yili nemis olimi Gotfrid Leybnits tomonidan to`rt arifmetik amalni bajara oladigan, yaqingacha hamma joyda keng foydalanib kelingan arifmometr yaratildi. Bu hisoblash mashinalari ichida qulayrog`idir. 19 asr 90-chi yillarining boshida Peterburglik olim V.T.Odner tomonidan juda qulay mexanizm yaratilib, unga arifmometr "FЕLIKS" nomi berildi. 20 asrning birinchi choragida bu mashinalar asosiy hisoblash mashinalari bo`lib hisoblanardi.


Download 30.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling