Hisobot daftari
Download 1.27 Mb.
|
Materiallar qarshiligi hisobot daftari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribada ishlatiladigan mashina
- KM-50-1 MASHINASINING SXEMASI.
5- TAJRIBA ISHI
Doira kesimli sterjenni buralish deformatsiyasiga sinash. Ishdan maqsad: Buralish natijasida har xil materiallarning mexanik xarakteristikalarini aniqlash va buzilish jarayonini o’rganish. S inov mashinasi: Namunalar. Deformatsiyadan oldingi namunalarning umumiy ko’rinishi va o’lchamlari. Tajribada ishlatiladigan namunalar. Buralishni sinash uchun yupqa devorli trubasimon namunadan foydalanish yaxshi natija beradi, chunki bunday namunaning ko’ndalang kesimida hosil bo’ladigan kuchlanishlar deyarli tekis taqsimlangan bo’ladi. Lekin bunday namunalar sinov vaqtida ustivorligini tezda yo’qotishi mumkin. Shuning uchun ulardan kamroq foydalaniladi. Odatda GOST 3565 – 58 bo’yicha kam uglerodli po’latlardan tayyorlanadigan ko’ndalang kesimi yaxlit silindrik namunalardan foydalaniladi. Namunalarning buzilish formasi va xarakterlariTajribada ishlatiladigan mashina: Tajriba KM-50 – 1 markali mashinada bajariladi. Bu mashinada namunaga 500 Nm gacha burovchi moment ta’sir ettirish mukin. Elektr motoridan kelayotgan aylanma harakat 1 qutida joylashgan chervyakli uzatma orqali vint 7 ga beriladi. Natijada, shu vintda mahkamlangan qo’zg’aluvchan qisqich 5 namuna 4 ni buraydi. Namunaning ikkinchi uchi qo’zg’almas qisqich 6 mahkamlanadi. KM-50-1 MASHINASINING SXEMASI. 1-tezlikni o’zgartirib beruvchi quti: 2-namunaga ta’sir qilayotgan burovchi momentning miqdorini ko’rsatib turuvchi mexanizm: 3-diagramma chiziladigan baraban: 4-namuna: 5-qo’zg’aluvchan qisqich 6-qo’zg’almas qisqich 7-vint Namunaga ta’sir qilayotgan burovchi momentning qiymatini ko’rsatib turuvchi mexanizm 2 yordamida uning qiymati kuzatib boriladi. Namunaga ta’sir qilayotgan burovchi moment bilan uning deformatsiyasi orasidagi bog’lanishni ifodalovchi diagramma baraban 3 da chiziladi. Tajriba natijalari CHo’yan namunaning yemirilishi
Yaxlit kesimli val uchun: Silindrik val uchun: Mustahkamlik sharti:
6- TAJRIBA ISHI Yog’och balkaning egilishdagi mustahkamligini aniqlash. Tajribadan ko’zda tutilgan maqsad: Yog’och balkaning kesimida hosil bo’ladigan yemiruvchi normal kuchlanishlarni tajribada aniqlash va ularni yog’och materiali uchun ma’lum bo’lgan qiymat bilan taqqoslash. Tajriba universal gidravlik mashinada bajariladi. Balkaning hisobiy sxemasi va ichki zo’riqishlar epyuralari Balkaning o’lchamlari va materiali haqida ma’lumotlar Balkaning tayanchlar oralig’i ℓ= CHap tayanchdan kuch qo’yilgan kesimgacha bo’lgan masofa a =.... Ko’ndalang kesimining neytral o’qqa nisbatan inertsiya momenti Jz= Qarshilik momenti Wz= …… Tajribadan olingan natija: Balkani yemiruvchi kuch qiymati: Rv= Emiruvchi kuchdan bo’ladigan maksimal moment:Mmax=(PBl)/4= Emiruvchi kuchlanish: GB=Mmax/Wx= Xulosa: ____________________________________________________________ _____________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ . 7- TAJRIBA ISHI Ikki tayanchda yotuvchi statik aniq balkaning salqiligini tajriba usulda aniqlash(maxsus stend) va olingan natijalarini nazariy usul natijalari bilan taqqoslash. Ishdan ko’zda tutilgan maqsad. Bu ish ikki qismdan iborat: 1) balka to’g’ri ko’ndalang egilganda uning salqiligi va ko’ndalang kesimlar aylanish burchaklarini tajriba yo’li bilan aniqlab, nazariy usulda aniqlangan qiymatlar bilan taqqoslash; 2) ish va ko’chishlarning o’zaro bog’lanishi haqidagi teoremani tajriba yo’li bilan tekshirish. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling