Hisobot mundarija


-bob. Normativ hujjatlarga havolalar


Download 27.22 Kb.
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi27.22 Kb.
#1751797
1   2   3   4
Bog'liq
Samiyev Shaxzod husobot

2-bob. Normativ hujjatlarga havolalar
4. Ushbu ShNQda quyidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
GOST 21.101-97. Qurilishda loyihalash hujjatlari tizimi (QLHT). Loyiha va ishchi hujjatlariga asosiy talablar;
GOST 21.114-95. QLHT. Namunaviy bo‘lmagan buyumlarning umumiy ko‘rinishi bo‘yicha eskiz chizmalarni bajarish qoidalari;
GOST 21.501-93. QLHT. Arxitektura-qurilish chizmalarini bajarish qoidalari;
GOST 2.105-95. Konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi (KHYaT). Matnli hujjatlarga qo‘yiladigan umumiy talablar;
ShNQ 1.03.01 Korxona, bino va inshootlarni kapital qurilishi hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqarishning ma’qullanishi va tasdiqlash tartibi;
ShNQ 1.03.09 Loyiha bosh muhandisi (bosh arxitektori) qoidalari.
3-bob. Atamalar va ta’riflar
5. Ushbu ShNQda quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llanilgan:
loyiha hujjatlari — hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlashning, shuningdek obodonlashtirish ishlarining qiymatini belgilaydigan hamda ishchi loyiha, loyiha-smeta hujjatlari va ishchi hujjatlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar to‘plami;
namunaviy loyiha hujjati — qurilishda ko‘p marotaba foydalanish maqsadida bino va inshootlarni barpo etish, konstruksiyalar, buyumlar va tugunlarni yaratish uchun hajmiy-rejaviy yechimlarni unifikatsiyalash va tiplashtirish asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjati;
namunaviy loyiha — bino va inshootlar qurilishi, aniq qurilish maydonlariga bog‘lash yoki individual loyihalarni ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan loyiha hujjati;
namunaviy loyiha yechimlari — qurilish obyektlarini loyihalashda va namunaviy loyihalarni joyiga bog‘lashda qo‘llaniladigan arxitektura, konstruktiv, muhandislik, rejalashtirish va boshqa yechimlar;
namunaviy qurilish konstruksiyalari, buyumlari va tugunlari — loyihalash va qurilishda, shuningdek qurilish industriyasi va qurilish maydonlarida ommaviy ravishda ishlab chiqarish maqsadlari uchun qo‘llaniladigan qurilish elementlari.

Download 27.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling