Hisobot mundarija
-bob. Normativ hujjatlarga havolalar
Download 27.22 Kb.
|
Samiyev Shaxzod husobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Atamalar va ta’riflar 5. Ushbu ShNQda quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llanilgan: loyiha hujjatlari
2-bob. Normativ hujjatlarga havolalar
4. Ushbu ShNQda quyidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan: GOST 21.101-97. Qurilishda loyihalash hujjatlari tizimi (QLHT). Loyiha va ishchi hujjatlariga asosiy talablar; GOST 21.114-95. QLHT. Namunaviy bo‘lmagan buyumlarning umumiy ko‘rinishi bo‘yicha eskiz chizmalarni bajarish qoidalari; GOST 21.501-93. QLHT. Arxitektura-qurilish chizmalarini bajarish qoidalari; GOST 2.105-95. Konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi (KHYaT). Matnli hujjatlarga qo‘yiladigan umumiy talablar; ShNQ 1.03.01 Korxona, bino va inshootlarni kapital qurilishi hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqarishning ma’qullanishi va tasdiqlash tartibi; ShNQ 1.03.09 Loyiha bosh muhandisi (bosh arxitektori) qoidalari. 3-bob. Atamalar va ta’riflar 5. Ushbu ShNQda quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llanilgan: loyiha hujjatlari — hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlashning, shuningdek obodonlashtirish ishlarining qiymatini belgilaydigan hamda ishchi loyiha, loyiha-smeta hujjatlari va ishchi hujjatlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar to‘plami; namunaviy loyiha hujjati — qurilishda ko‘p marotaba foydalanish maqsadida bino va inshootlarni barpo etish, konstruksiyalar, buyumlar va tugunlarni yaratish uchun hajmiy-rejaviy yechimlarni unifikatsiyalash va tiplashtirish asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjati; namunaviy loyiha — bino va inshootlar qurilishi, aniq qurilish maydonlariga bog‘lash yoki individual loyihalarni ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan loyiha hujjati; namunaviy loyiha yechimlari — qurilish obyektlarini loyihalashda va namunaviy loyihalarni joyiga bog‘lashda qo‘llaniladigan arxitektura, konstruktiv, muhandislik, rejalashtirish va boshqa yechimlar; namunaviy qurilish konstruksiyalari, buyumlari va tugunlari — loyihalash va qurilishda, shuningdek qurilish industriyasi va qurilish maydonlarida ommaviy ravishda ishlab chiqarish maqsadlari uchun qo‘llaniladigan qurilish elementlari. Download 27.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling