Hisoboti tasdiqlangan yillik kalendar reja bo`yicha magistrant quyidagi ishlarni amalga oshirdi: Magistrant tomonidan ilmiy tadqiqot rejasi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi


Download 17.15 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi17.15 Kb.
#1267493
Bog'liq
Mavlonov Sh.hisobot.magistr


70230101 - Lingvistika (o`zbek tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Mavlonov Shavkatning amalga oshirgan ishlari bo`yicha ilmiy rahbari f.f.n. dots., T.H.Asadovning
HISOBOTI
Tasdiqlangan yillik kalendar reja bo`yicha magistrant quyidagi ishlarni amalga
oshirdi:
1.Magistrant tomonidan ilmiy tadqiqot rejasi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Magistrant magistratura Nizomi va magistrlik ishining oldiga qo‘yilgan talablar bilan tanishdi.
- Mavzu tanlanib, mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishdi;
- Magistrlik ishining rejasi tuzildi.
- Ishning kirish qismi yozilib, mavzuning dolzarbligi, vazifalari, yangiligi va obʼekti va predmeti, ishning nazariy va amaliy ahamiyati aniqlandi;
Tadqiqot ishining obyekti bo‘lgan 5 tomlik “O’zbek tilining izohli lug’ati” bo‘yicha maʼlumotlar to‘plandi, Lug’atdagi yasama so’zlar miqdori sitatistik metod asosida jadval holatida shakllantirildi.
2.Magistrant tomonidan ilmiy-pedagogik reja bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-magistrant kafedradagi me’yoriy hujjatlar bilan tanishdi;
-kafedra professor o’qituvchilarining darslarini kuzatdi va kuzatilgan darslar ilmiy rahbar boshchiligida tahlil etildi. Dars kuzatish va tahlil etish metodikasini o’rgandi;
-kafedrada tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etdi;
-mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini o’rgandi;
-“Matnshunoslik” fanidan mustaqil ta’lim uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqishda , talabalardan mustaqil ta’limni qabul qilishda ko’maklashdi.
Magistrlik dissertatsiya ishi mavzusi universitet rektorining 2022 yil 31-yanvardagi №12-147 sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan. Dissertatsiya mavzusi “ O’zbek tilining izohli lug’atida yasama so’zlar”.
Ayni vaqtda magistrlik dissertatsiyasining 30 % tayyor, jumladan, tadqiqot rejasi bo‘yicha kirish, 1-bobning 1 fasli va 2-bobning 1 fasli yozib tugatilgan.
Magistrlik dissertatsiyasi doirasida 1 ta maqola nashr etilgan va yana bitta maqola nashr uchun taqdim etilgan. Nashr etilgan maqolalar quyidagilar:
1. International Scientific-practical Distance conference “The 21th Century Skills for Professional Activity” 2021 XII . “Affiksatsiya usulida yasalgan so’zlarning “O’zbek tili izohli lug’ati”dagi ifodasi (“A” harfi misolida)”
Shavkat Mavlonov
Magistrant ilmiy-ommabop maqolalar nashr ettirdi:
”Ma`rifat yog`dusi” ilmiy –ommabop to`plamida “Jahon adabiyoti darsida”, “Qaylardadir” , “Sen ketding-u menga dunyo teskari” nomli she’rlari.
4. Magistrant quyidagi ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi:
1.“Soha lingvistikasi: tilshunoslik va tibbiyot integratsiyasining muammolari, yechimlari hamda istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
2. BMTI akademik litseyi bilan hamkorlikda “Ustoz va shogird pedagogik mahorat maktabi ” harakat guruhi majlisida magistrantlar bilan hamkorlikda N.Bafoyevaning “ Tilga e’tibor – elga e’tibor ” nutqi va o`quv trening mashg`uloti tinglandi.
3. Davlat tili mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan til bayramida istirok etdi.
4. 5 Tashabbus Olimpiadasi doirasida tashkil etilgan “Mushoira” ko’rik tanlovining viloyat bosqichida 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
5. BVXTBga qarashli boshlang’ich ta’lim metodbirlashmasi bilan hamkorlikda Buxoro shahar 39-IDUMda tashkil etilgan attestatsiya 2022 (avgust-dekabr) natijalariga oid tahliliga bagi’shlangan o’quv treningi tinglandi.
6. 5 Tashabbus Olimpiadasi doirasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon oila” ko’rik tanlovining tuman bosqichida 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Kafedra mudiri: dotsent A. Ahmedov.


Ilmiy rahbar: f.f.n, T.Asadov
Magistratura talabasi: SH.Mavlonov.
Download 17.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling