Hisobotlarni tuzish va taqdim etish
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning
Download 140.03 Kb.
|
8. Moliyaviy hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning «Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqi» 040-satr) moddasida buxgalteriya hisobida 8420 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursi farqi»hisobida aks ettiriladigan, ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasida va mablag‘lar ustav kapitaliga haqiqatda kiritilgan sanada Markaziy bank kurslari o‘rtasida yuzaga keladigan, korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda hisobot yili uchun kurslardagi farq aks ettiriladi.
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning «Rezerv kapitaliga ajratmalar» (050-satr) moddasida ta’sis hujjatlariga ko‘ra va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yili uchun rezerv kapitalga ajratmalar summasi aks ettiriladi. Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning «Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)» (060-satr) moddasida hisobot yilida olingan sof foyda (zarar) summasi aks ettiriladi . «Tekinga olingan mol-mulk» (070-satr) moddasida hisobot yilida turli manbalardan tekinga olingan mol-mulkning qiymati aks ettiriladi . Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning «Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar» (080-satr) moddasida hisobot yilida olingan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari va maqsadli foydalanish uchun boshqa maqsadli tushumlar aks ettiriladi . «Hisoblangan dividendlar» (090-satr) moddasida hisobot davrining taqsimlanmagan foydasidan va avvalgi yillardan to‘plangan foydadan joriy hisobot yilida hisoblab yozilgan dividendlar summasi aks ettiriladi . «Xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari» (100-satr) moddasida xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari summasi aks ettiriladi . Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning «Yil oxiridagi qoldiq» (110-satr) moddasida tegishli ustunlar bo‘yicha hisobot davri oxirida xususiy kapitalining saldosi aks ettiriladi . Bunda, 030, 040, 050, 100-satrlarda aks ettirilgan va 8420 - «Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq», 8510 - «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar», 8520-»Rezerv kapital» schyotlarida, maqsadli tushumlar (8800) schyotlarida hamda kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervini hisobga oluvchi (8900) hisoblarda hisobda turgan xususiy kapitali manbalarining yil boshidagi summaga nisbatan kamayishi minus belgisi bilan aks ettiriladi . Shuningdek, minus belgisi bilan hisobot yilidagi hisoblangan dividendlar (090-satr) va qoplanmagan zarar (060-satr) summasi aks ettiriladi. Download 140.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling