Chet el valyutasidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumot shaklining «Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi» moddasida (280-satr) hisobot davri mobaynida hosil bo‘lgan, chet el valyutasidagi pul mablag‘larini qayta baholashdan yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy kurs farqlari saldosi aks ettiriladi (5000, 5200, 5500, 5600, 5700).
Chet el valyutasidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumot shaklining «Yil oxirida qoldiq» (280-satr) moddasida hisobot yili oxirida korxonaning valyuta hisoblari va kassasida bo‘lgan, satrlar ma’lumotlari: 250+260-270+/-280-satrlar bo‘yicha aniqlanadigan valyuta mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug‘iga
4-son ILOVA
PUL OQIMLARI TO‘G‘RISIDA HISOBOT 4-sonli shakl
(4-sonli ilova O‘zbekiston Respublikasi moliя vazirining 2019 yil 23 яnvardagi 10-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1209-10, 15.02.2019 y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2019 y., 10/19/1209-10/2613-son)
20.7. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda o‘z sarmoyasining harakati, zahiralarni shakllantirish, to‘lash uchun hisoblangan dividendlar to‘grisidagi axborot taqdim etiladi.
Xususiy kapital tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996 y., 9-son, 142-m.), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 475, 1998 yil 14 avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 y., 5-son) Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/85-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da (ro‘yxat raqami 474-son 1998 yil 14 avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 yil, 5-son) keltirilgan.
1998 yil 14 avgustda 474 sonli O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1- BHMS "Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot" iga alohida e’tibor berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |