Hisobotlarni tuzish va taqdim etish
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning
Download 140.03 Kb.
|
8. Moliyaviy hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Asosiy vositalarni sotibolish va sotish» (060-satr) moddasida korxonalar «Chiqim» ustunida mol yetkazib beruvchilarga to‘langan asosiy vositalarni xarid qilganlik uchun pul mablag‘lari summasini, «Kirim» ustunida esa - asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablag‘lar summasini ko‘rsatadilar.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish» (070-satr) moddasida korxonalar «Chiqim» ustunida nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘lari summasini, «Kirim» ustunida esa - nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag‘lar summasini ko‘rsatadilar. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish» (080-satr) moddasida «Chiqim» ustunida qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini xarid qilish uchun to‘langan pul mablag‘lari summasi, shu jumladan vositachilarga komission taqdirlashlar va birjada to‘langan foizlar ko‘rsatiladi, «Kirim» ustunida esa qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlar» moddasida (090-satr) «Chiqim» ustunida boshqa investitsion faoliyatga oid to‘langan pul mablag‘lari summasi, «Kirim» ustunida esa - olingan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi . Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (100-satr)moddasi bo‘yicha, «Kirim» ustunida «+» va «Chiqim» ustuni bo‘yicha «-» belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 060, 070, 080, 090-satrlarni jamlash natijasi aks ettiriladi . Bunda «Kirim» ustuni summasi «Chiqim» ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo «Kirim» ustuni bo‘yicha, teskari holda esa - «Chiqim» ustuni bo‘yicha aks ettiriladi. Moliyaviy faoliyat - bu shunday faoliyat turiki, uning natijasida korxonaning xususiy kapitali va qarzlari hajmi va strukturasi (tuzilishi) da o‘zgarish hosil bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy faoliyatidan bo‘ladigan pul oqimlari to‘grisidagi axborotni alohida ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi: 1. Aksiyalar yoki o‘z mablagi bilan bogliq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari; 2. Sub’ektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlar; 3. Ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari; 4. Zayomlarni to‘lash; 5. Moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari; Moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning 110 +/– 120 + 130 – 140 +/– 150 +/– 160 – 1 –/– 170-(satrlar) moddalarda pul mablag‘lari harakati aks ettiriladi. Download 140.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling