Hisobotlarni tuzish va taqdim etish
Download 140.03 Kb.
|
8. Moliyaviy hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shakl
- 2 шаkлни қўйиш
Moliyaviy hisobot 2-shaklining «Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)» (220-satr) moddasida asosiy faoliyatning foydasi (zarari) summasiga (100-satr) moliyaviy faoliyatning daromadlari summasini (110-satr) qo‘shish va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar summasini (170-satr) ayirish yo‘li bilan aniqlanadigan korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natijalari aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobot 2-shaklining «Favquloddagi foyda va zararlar» (230-satr) moddasida«Daromadlar (foyda)» ustuni 9710 «Favquloddagi foydalar»hisobining ma’lumotlari, «Xarajatlar (zararlar)» ustuni esa 9720 «Favquloddagi zararlar»schyotining ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldirilib, favqulodda voqealar natijalari ko‘rsatiladi. “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning «Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)» (240-satr) moddasida +/- belgisini hisobga olgan holda 220 va 230-satrlarni qo‘shish natijalari aks ettiriladi. «Foyda solig‘i» (250-satr) moddasida 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schyotida hisobga olingan hisobot davri boshidan hisoblangan foyda solig‘i summasi ko‘rsatiladi. «Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar» (260-satr) moddasida qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot foydasi hisobidan to‘lanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yil boshidan hisoblangan summasi aks ettiriladi. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan korxonalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 260-satr bo‘yicha hisoblangan yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq summasini aks ettiradilar. «Hisobot davrining sof foyda (zarari)» moddasi bo‘yicha (270 qator) ma’lumotlar 240 qator summasidan 250 va 260 qatorlar summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning «Hisobot davrining sof foydasi (zarari)» (270-satr) moddasida 240-250-260-satrlar ayirmasi sifatida aniqlangan hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklga «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotnoma»da (280-470-satrlar) korxonalar tomonidan soliq qonunchiligiga muvofiq budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlarni hisoblangan va to‘lanadigan soliqlar va to‘lovlar turlari bo‘yicha aks ettiriladi. Mazkur ma’lumotnomaning 480-satrida korxonalar tomonidan hisobot davri uchun budjetga soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlarning hisoblangan va to‘langan jami summasi ko‘rsatiladi. Agarda korxonalarda hisobot davri uchun hisob-kitoblar bo‘yicha qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha manfiy farq mavjud bo‘lsa, «Hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha to‘lanadi» ustuni bo‘yicha 310-satrda ushbu manfiy farq summasi «minus» belgi bilan ko‘rsatiladi. 2 шаkлни қўйиш (2-sonli ilova O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019 yil 23 yanvardagi 10-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1209-10, 15.02.2019 y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2019 y., 10/19/1209-10/2613-son) Download 140.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling