Hisobotlarni tuzish va taqdim etish


Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot va uni tuzish usullari


Download 140.03 Kb.
bet22/36
Sana13.12.2022
Hajmi140.03 Kb.
#1000019
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
8. Moliyaviy hisobot

20.6. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot va uni tuzish usullari.


Pul oqimi to‘g‘risida hisobot ma’lum bir hisobot davrida korxonaning pul mablag‘-lari holatiga operatsion, investitsiya va mo-liyaviy faoliyati ta’sirini aks ettiradi va shu davr ichida pul mablag‘lari o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • korxonaning pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini ishlab topish qobiliyatini, shuningdek, shunga o‘xshagan pul mablag‘la-ridan foydalanishda korxona ehtiyojini baholash;

  • korxonaning sof aktividagi o‘zgarishlarni, uning (to‘lov qo-biliyati ham qo‘shilgan holda) moliyaviy strukturasini va uning o‘zga-ruvchan vaziyat va imkoniyatlariga moslashish maqsadida pul oqim-larining summalari va o‘z vaqtida tushishiga ta’sir etish qobiliya-tini baholash;

  • turli korxonalarning operatsion faoliyati to‘g‘risidagi hi-sobotni taqqoslash. Chunki bu xo‘jalik faoliyatining bir xil muomala va voqealari uchun buxgalteriya hisobining turli usul-laridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etadi.

Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda hisobot davri ichida pul mab-lag‘lari oqimi quyidagi faoliyatlar bo‘yicha tasniflanadi:

  • operatsion faoliyati;

  • investitsion faoliyati;

  • moliyaviy faoliyati.

Pul oqimlari to‘grisidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘grisidagi axborot bilan ta’minlaydi. Pul oqimlari to‘grisidagi hisobotda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablaglari va ularning ekvivalentlari bo‘yicha majburiy ravishda axborot taqdim etishini belgilab qo‘yishdan iborat. Bu axborot pul mablaglari oqimi to‘grisidagi hisobot ko‘rinishida bo‘lib, unda hisobot davrida operatsiya, investitsiya va moliya faoliyatida yuz beruvchi pul oqimlari harakati tasnif etiladi.
1998 yil 14 avgustda 474 sonli O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1- BHMS "Pul oqimlari to‘grisidagi hisobot"iga alohida e’tibor berilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt "Pul oqimlari to‘grisidagi hisobot" BXMSiga muvofiq ravishda pul oqimlari to‘grisidagi hisobotlarni taqdim etishga majbur deb ta’kidlagan. "Pul oqimlari to‘grisidagi hisobot" deb nomlangan BHMS pul harakatiga oid hisobot taqdim etishni va unga taalluqli tushuntirishlarni berishni talab qiladi. Naqd pul oqimi to‘grisidagi axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablagini va pul ekvivalentlarini xo‘jalik sub’ektining ehtiyotlariga yo‘llash qobiliyatini baholash imkoniyatini taqdim etishda foydalidir.

Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling