Hisobotlarni tuzish va taqdim etish
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning
Download 140.03 Kb.
|
8. Moliyaviy hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘langan soliqlar
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Jami: moliyaviy faoliyatning sof kirimi/chiqimi» (180-satr) moddasida «Kirim» ustuni bo‘yicha «+» va «Chiqim» ustuni bo‘yicha «-» belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 110, 120, 130, 140, 150, 160, 170-satrlar summasi aks ettiriladi.
Bunda «Kirim» ustuni summasi «Chiqim» ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo «Kirim» ustuni bo‘yicha, teskari holda esa - «Chiqim» ustuni bo‘yicha aks ettiriladi. To‘langan soliqlar bo‘yicha pul oqimlari pul oqimlari to‘g‘risida hisobot(4-sonli shakl) ning 190 va 200 (satrlar) moddalarida pul mablag‘lari harakati aks ettiriladi. 157. «To‘langan foyda solig‘i» (190-satr) moddasi bo‘yicha to‘langan foyda solig‘i summasi ko‘rsatiladi. 158. «To‘langan boshqa soliqlar» (200-satr)moddasi bo‘yicha to‘langan soliqlar, bojlar va ularga tenglashtirilgan yig‘imlar hamda ajratmalar summasi ko‘rsatiladi, bundan foyda solig‘i mustasno. 159. «Jami: to‘langan soliqlar» (210-satr) moddasi bo‘yicha 190 va 200-satrlar summasi aks ettiriladi. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot(4-sonli shakl) ning «Jami: moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi» (220-satr)moddasida , «Kirim» ustuni bo‘yicha «+» va «Chiqim» ustuni bo‘yicha «-» belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 050, 100, 180, 210-satrlar summasi aks ettiriladi. Bunda «Kirim» ustuni summasi «Chiqim» ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo «Kirim» ustuni bo‘yicha, teskari holda esa - «Chiqim» ustuni bo‘yicha aks ettiriladi. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot(4-sonli shakl) ning «Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi» (221-satr) moddasi bo‘yicha hisobot davri mobaynida hosil bo‘lgan, chet el valyutasidagi pul mablag‘larini qayta baholashdan yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy kurs farqlari saldosi aks ettiriladi (5000, 5200, 5500, 5600, 5700). Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot(4-sonli shakl) ning «Yil boshidagi pul mablag‘lari» (230-satr) moddasi bo‘yicha korxona balansini 320-satri 3-ustuni bo‘yicha qayd etilgan, pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisoblardagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) pul mablag‘lari qoldiqlarining summasi ko‘rsatiladi. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot(4-sonli shakl) ning «Yil oxiridagi pul mablag‘lari» (240-satr)moddasi bo‘yicha korxona balansini 320-satri 4-ustunida qayd etilgan, pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisoblardagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) pul mablag‘lari qoldiqlarining summasi ko‘rsatiladi. Download 140.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling