Hissadorlik jamiyatlarida kapitallar
Moliyaviy boshqarishda kapitallar tarkibini boshqarish va qiymatini baholashning ahamiyati
Download 98.54 Kb.
|
10-mavzu korporativ
Moliyaviy boshqarishda kapitallar tarkibini boshqarish va qiymatini baholashning ahamiyatiKapital o’z mohiyatiga ko’ra bir xil emas va turlicha tavsiflarga ega ekanligi sababli uning tarkibini baholashda u yoki bu ko’rsatkichdan foydalanish zarurati vujudga keladi, bu sifatda odatda qiymat tushunchasidan foydalaniladi. Buning sababi ushbu ko’rsatkichning bevosita xarajatlar bilan, demak, ularni hisobga olish shakllari bilan bog’liqligi hisoblanadi. Shunday bo’lib tuyulishi mumkinki, kapital narx ushbu sharoitlar uchun qat’iy belgilab qo’yilgan o’zgarmas ko’rsatkich, lekin aslida bunday emas. Jamiyat kapitalining barcha tarkibiy qismlari qiymatini (narxi) ko’rib chiqish va osonlik bilan shuni ko’rish mumkinki, bir holatda narx shakllanishiga ta’sir etuvchi siyosiy va boshqa sub’ektiv omillar mavjud bo’ladi, boshqa holatda esa qabul qilingan buxgalteriya hisobi yuritish uslubiyati o’z aksini topadi. Shu sababli jamiyat kapitalining narxiga ta’sir etish uchun ayrim imkoniyatlar mavjud hisoblanadi. Biroq normal rivojlanayotgan iqtisodiyotda bunday ta’sir darajasi etarli darajada cheklangan ekanligini ta’kidlab o’tish joiz. Ko’rinib turibdiki, umumiy holatda barcha tarkibiy qismlar uchun uning narxi bir xil bo’lgan kapital tarkibini shakllantirib bo’lmaydi. Nimaga unda kapitalning ayrimlari jamiyat uchun qimmatga, boshqalari esa arzonga tushadigan turlicha tarkibiy qismlari mavjudligiga ko’nikish kerak?- degan adolatli savol tug’iladi. Bu erda joriy faoliyat jarayonida ular bilan hisoblashish lozim bo’lgan huquqiy va iqtisodiy cheklovlar mavjudligini ta’kidlab o’tish joiz. Korxona moliyalashtirish usulini o’zi tanlaydi. Bunda qabul qilingan qaror ko’p jihatdan bir qaraganda, iqtisodiy zarurat bilan bog’liq bo’lmagan omillarga bog’liq bo’ladi. Ularning orasida – turli xil reytinglar, firmaning raqobatli maqomi kabi ko’rsatkichlar va h.k. Shunday qilib, kapital tarkibiga sof tashqi omillar ta’sir ko’rsata boshlaydi. Korxona tahlilchi firmalarning byulletenlarida, sharhlarida qanday aks etishiga, o’z faoliyatining yakunlari va joriy ishlari haqida axborotni qanday taqdim etishiga bog’liq bo’lib boradi. Hamkorlar va kreditorlar moliyaviy hujjatlardan tashqari alohida e’tibor qaratadigan bir nechta asosiy omillarni ajratib ko’rsatish mumkin: buxgalteriya hisobi yuritish usuli; firma axborotlarining ochiqlik darajasi; audit o’tkazishga turli xil mahalliy va xorijiy tashkilot va mutaxassislarni jalb etish; fond ko’rsatkichlari va b. Shunday qilib, kapital qiymati ob’ektiv va sub’ektiv tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bunda sub’ektiv tarkibiy qismlar reyting ko’rsatkichlariga qarab jiddiy o’zgarib turishi mumkin. Turli korxonalar qarz kapitali bo’yicha turlicha xarajatlarga ega bo’lishi mumkin. Hissadorlik kapitaliga keladigan bo’lsak, uning narxi ham korxona o’zini qay tarzda moliyalashtirishi mumkinligiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Kapitalning yakuniy qiymati alohida tarkibiy qismlar bo’yicha xarajatlarni o’lchash yo’li bilan shakllantiriladi. Aytilganlarni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: C k1C1 k2C2 ... knCn (6) ki — alohida tarkibiy qismning vazni. Kapitalning o’rtacha tortilga qiymatini hisob-kitob qilish bilan bog’liq ayrim qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Muammo tarkibiy qismlarni qaysi ko’rinishda hisobga olish kerakligidan iborat. Hisobga olishning ikki xil usuli mavjud: bozor qiymati bo’yicha va balans qiymati bo’yicha. Ikkala usulning ham afzalliklari, ham kamchiliklari mavjud. Shubhasizki, bozor qiymati haqiqatda mavjud qiymatga yaqinroq hisoblanadi. Shu bilan bir paytda bozor doimiy harakatda bo’ladi va bu baholash jarayonining o’zini qiyinlashtirib qo’yadi. Balans bahosi hisob-kitoblarni ancha osonlik bilan amalga oshirishga imkon beradi, biroq bunda korxonada o’tkaziladigan qayta baholashlarning kamdan- kamligi, moddiy va ma’naviy eskirish darajasini aniqlash va boshqa omillar bilan bog’liq unchalik ham to’g’ri bo’magan ma’lumotlar berishi mumkin. Korxona uchun kapital tarkibidagi biron-bir loyihani amalga oshirish uchun haqiqatda foydalaniladigan mablag’lar katta ahamiyatga ega. Shu sababli ko’pincha ishlayotgan kapitalning aslida dastlab hisoblab chiqilgan miqdordan qam ham, ko’p ham bo’lib chiqishi mumkin bo’lgan real qiymatini hisob-kitob qilish zarur. Turli korxonalarni kapital qiymatining hajmi bo’yicha taqqoslash vazifasi alohida bir ahamiyatga ega. Bu erda korxonalar bo’yicha ularning asosida ko’rsatkichlar taqqoslanuvchanligi belgilanadigan boshlang’ich shart-sharoitlarni shakllantirish zarur. Ko’p sonli korxonalar bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lib, o’rtacha tarmoq ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilish mumkin, biroq ular umumiy holatda iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini aks ettirishi qiyin. Ehtimol, kapitalni arzonlashtirish yoki aksincha, qimmatlashtirish jarayonini rag’batlantirish mumkin. Amalda shunday bo’ladi ham. Ko’rsatiladigan ta’sir ham tabiiy, ham sun’iy bo’lishi mumkin. Kapital narxini aniqlashning muhimligi shundaki, u orqali boshqa yana bir ko’rsatkich – biznes narxini hisob-kitob qilish mumkin. Biznes deganda biron-bir ma’lum usul bilan aniqlangan ishlab chiqarish vositalari qiymatining o’zigina emas, kapital qiymatiga kiradigan bozor omillarini hisobga olgan holda «ish»ning real bahosi tushuniladi. Biznes narxi turli xil reyting jadvallari tuzish, turli loyihalarni amalga oshirish uchun korxonaning jalb etuvchanlik darajasini aniqlash uchun korxonalarni taqqoslash imkonini beradi. Shu bilan birga ushbu ko’rsatkich korxonaning asl bahosini belgilash va uni kerakli tomonga o’zgartirish usullarini aniqlashtirishga imkon beradi. Kapitalning alohida tarkibiy qismlari narxining tahlili jamiyat oldida vujudga keladigan u yoki bu muaammoni hal qilish uchun moliyalashtirish usullari haqida qaror qabul qilish tamoyilini ishlab chiqish imkonini beradi. Qarzga olingan mablag’lar narxini aniqlashda shuni e’tiborga olish kerakki, u firma erishishga intiladigan maqsadlar bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Hissadorlik kapitali qiymati. Ma’lumki, hissadorlik kapitali ikkita tarkibiy qismdan – oddiy va imtiyozli aktsiyalardan iborat. Kapitalni bunday taqsimlash to’g’ri bo’lib, bu tarkibiy qismlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha xarajatlarning har xilligi bilan ham bog’liq. Mamlakatimizda kapitaldan foydalanish amaliyotining rivojlanish xarakterini hisobga olib, undagi ham ijobiy, ham salbiy jihatlarni qayd etgan holda mavjud tajribalarni hisobga olib, nazariy ishlanmalar olib borish lozim. Ma’lumki, har xil turdagi imtiyozli kapital hissadorlik kapitaliga mansub hisoblanadi. Biroq imtiyozli aktsiyalarga qarzga olingan kapitaldan kam farq qiladigan xususiyatlar mansub hisoblanadi. Ular qatoriga imtiyozli dividend to’lovlari, jamiyatni tugatish davrida kreditorlar huquqiga o’xshash maxsus huquqlar kiradi. Imtiyozli aktsiyalarni o’ziga xos obligastiyalar sifatida ko’rib chiqishda aktsiya uning egasiga uchta imkoniyat (ulardan faqat bittasi – daromad olish real hisoblanadi) berishini hisobga olib, jamiyat mablag’larining barcha manbalari tarkibini qayta ko’rib chiqish zarur. Shu bilan bir paytda jamiyat ularni kafolatlamaydi. Demak, ayrim holatlarda oddiy va imtiyozli kapitalni taqsimlamaslik ham mumkin. Hissadorlik kapitaliga xizmat ko’rsatish xarajatlarini tahlil qilishda ilgari mavjud bo’lgan kapital va emissiya natijasida hisobot davrida olingan kapitalga taqsimlash zarur. Dastlabki holatda faqat dividendlar va ular bilan bog’liq xarajatlarni, keyingi holatda esa – emissiyani chiqarish va joylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olish lozim. Oddiy hissadorlik kapitali qiymatini hisob-kitob qilishda odatda Gordonning klassik formulasidan foydalaniladi13: Download 98.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling