Хўжалик шартномаси № (Хизмат кўрсатиш тўғрисида) Фарғона шаҳри март 2022 йил


V. Tomonlarning huquq va majburiyatlari


Download 99.5 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1183684
1   2   3   4   5
Bog'liq
шартнома хужалик(2)

V. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
5.1. «Ijrochi»ning huquq va majburiyatlari:
- Shartnomaning 1.2. bandida nazarda tutilgan haqni 2.1.,2.2.-bandlariga rioya etgan holda to‘lanishini talab qilish huquqiga ega;
- Shartnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilgan xolda o‘z vaqtida «Buyurtmachi»ga xizmatlarni ko‘rsatishga majbur;
- Ko‘rsatilayotgan xizmatning tegishli darajada bajarilmaganligi haqida bildirishnoma olganidan keyin, xizmat sifatini talab qilingan darajada qayta amalga oshirish yoki ushbu sharnomaning 2.1.-bandiga asosan ko‘rsatilgan xizmat baxosini qaytarib berishi shart.
- «Ijrochi» ko‘rsatilgan xizmatni xisob-varaqlarda to’lik va aniq nomini, miqdori va xajmini, kategoriyasini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rsatishi shart. Shuningdek, xisob-varaqlarni belgilangan tartibda raqamlab, to’liq rekvizitlarni rasmiylashtirishga majbur.
5.2. «Buyurtmachi»ning huquq va majburiyatlari:
- «Ijrochi»dan shartnomaning 1.1.-bandida nazarda tutilgan xizmatlarni tegishli sifatda ko‘rsatishini talab qilish;
- Shartnomaning 1.2.-bandida ko‘rsatilgan haqni 2.1.,2.2.-band talablariga rioya etgan holda to‘lashga majbur;
- Tegishli darajada sifatli bo’lmagan xizmatlar ko‘rsatilganda, ushbu to’g’risida tegishli dalolatnoma tuzilib bu xaqida «Ijrochini»ni ogohlantirish va tegishli sifatdagi xizmat ko‘rsatilishini talab qilish yoki xizmat ko‘rsatish uchun o‘tkazib berilgan haqni qaytarilishini talab qilishga haqli.

- To’liq rasmiylashtirilmagan xamda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun xisob-varaqlar bo’yicha to’lovlar amalga oshirilishiga yo’l qo’yilmaydi.


VI. Tomonlarning javobgarligi
6.1. Ushbu shartnoma bo’yicha majburiyatlarni ijro etilmasligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar Uzbekiston Respublikasi Qonunchiligida shuningdek ushbu shartnomada nazarda tutilgan talablar asosida javobgardirlar.
6.2. «Ijrochi» tomonidan «Buyurtmachi»ga belgilangan muddatlarda ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan xizmatlarini ko’rsatmaganligi uchun kechiktirilgan xar bir kun uchun xizmat qiymatining 0,5 % miqdorida «Buyurtmachi»ga penya to’laydi, lekin penya miqdori kechiktirilgan xizmatlar qiymatining 50 % dan oshmasligi kerak.
6.3. Shartnoma talablarida ko’rsatilgan belgilangan sifatdagi xizmat ko‘rsatilmagan xolda, «Ijrochi» taraf ushbu xizmat qiymatining 20 % miqdorida jarima to’lashiga sabab bo‘ladi.
6.4. «Buyurtmachi» «Ijrochi»ga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmagan taqdirda kechiktirilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan summaning 0,4% miqdorida penya to’laydi, bunda penyaning umumiy miqdori kechiktirilgan summaning 50% dan ortiq bo’lmasligi lozim.
6.5. Ijrochi ko‘rsatilgan xizmatning tegishli sifat talablariga javob berishi va uning sifatsizligi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xolatlar uchun javobgardir.



Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling