Hj,o3 variant Topshiriq savollarga javob bering


-Yangi tug‘ilgan gо‘daklar immuniteti


Download 34.7 Kb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi34.7 Kb.
#1016192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 вариант

4-Yangi tug‘ilgan gо‘daklar immuniteti.


Immunitet pasayishi sabablari:

Bolaning immuniteti ikki xil bo’ladi: spetsifik va nospetsifik.
Spetsifik immunitet bolada individual bo’lib, bola yoshligida chalingan kasalliklarga va qilingan emlanishga bo’g’liq bo’ladi. Ya’ni bola kichikligida vetryanka yoki qizamiq bilan kasal bo’lgan bo’lsa, demak, unda bu kasalliklarga immunitet hosil bo’lgan va u boshqa bu kasallikka uchramaydi, yuqtirib olsa ham kasallik oson kechadi. Kasalliklarga qarshi qilingan emlanish natijasida ham organizmda o’sha kasallikka nisbatan immunitet hosil bo’ladi va shu kasallik bolaga kelajakda yuqmaydi, yuqsa ham yengil shaklda o’tib ketadi.
Nospetsifik immunitet, deyarli, barcha bolalarda bir xil bo’ladi. Nospetsifik immunitet bola organizmini oddiy bakterial infeksiyalardan saqlaydi.
Immuniteti past bolalar kuchli immunitetga ega bolalarga nisbatan ko’proq va og’irroq kasal bo’ladilar.
Bolaning immuniteti nimaga bog’liq?

  1. Ovqatlanish sifati – bolaning ovqatlanish ratsionida yetarlicha vitamin va minerallar mavjud bo’lishi kerak. Undan tashqari, ovqat ko’pligi bilan emas, xilma-xilligi bilan sifatli ekanligini unutmaslik lozim.

  2. Bolaning yashash sharoiti – oiladagi muhit, maktab-bog’chadagi sharoit bolaning immun tizimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Nafaqat sifatli ovqatlanish, balki ota-onaning mehriga to’yish ham sog’lom bo’lish garovidir.

  3. Bola ichki organlarining holati – organizmda biror organning faoliyati buzilganligi immun tizimining to’g’ri faoliyat ko’rsatishiga to’sqinlik qiladi. Surunkali kasallik (gastrit, pielonefrit, kariyes va hokazo)lar immunitetni keskin pasaytiradi.

Bolada immunitet pasayganligi haqida qanday bilsa bo’ladi?

  • Bola ko’p shamollaydi (yilda kamida 6 marta).

  • Oddiy shamollash o’g’ir kechadi, ketidan angina, otit, bronxit kabi og’irlashish vujudga keladi.

  • Bolaga davolash yaxshi ta’sir qilmaydi, kasallik odatdagidan ko’ra uzoq davom etadi.

Yuqoridagi ko’rsatkichlar organizmning immun holatini to’liq ochib bermaydi, immun tizimi faoliyatini aniq bilish, afsuski, juda qiyin va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shuning uchun bolada yuqoridagi ko’rsatkichlar takrorlanishini kuzatsangiz, uni shifokorga ko’rsatib, maslahatlashish talab etiladi.

Download 34.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling