Hj,o3 variant Topshiriq savollarga javob bering


Immunitetni tabiiy ravishda oshiruvchi mahsulotlar


Download 34.7 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi34.7 Kb.
#1016192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 вариант

Immunitetni tabiiy ravishda oshiruvchi mahsulotlar:

  1. Sut
    2. Qatiq
    3. Olma
    4. Sabzi
    5. Asal
    6. Lavlagi
    7. Baliq
    8. Piyoz va sarimsoq piyozi
    9. Sedana yog’i (kuniga 1 choy qoshiq)
    10. Limon
    11. Na’matak damlamasi
    12. Turshak, olma qoqisi, olxo’ri qoqisi va ularning damlamalari
    13. Har xil danaklar
    14. Petrushka ko’kati

Farzandingiz nonushtasiga ushbu mahsulotlardan har kuni qo’shib bersangiz, uning immuniteti tabiiy ravishda ko’tariladi.
Bolani chiniqtirish deganda, kunda bir necha daqiqa davomida bolani sovuq suvda cho’miltirish, yoki qishda qorda yalang oyoq choptirish kabi muolajalarni emas, balki bolaga tabiiy hayot tarzini yaratib berishni tushunish kerak.
Tabiiy hayot tarzi tamoyillari:

  1. Harakat

Bola qancha ko’p toza havoda harakat qilsa, shunchalik foydali. Masalan, maktabga avtobusda emas, balki piyoda borgani, kino ko’rgandan ko’ra, ko’chada futbol o’ynagani, yakshanba kuni uy yumushlari bilan shug’ullangandan ko’ra, tabiat qo’yniga chiqqani ma’qul. Eng asosiysi, harakat to’rt devor orasida emas, balki ochiq havoda bo’lishi kerak.

  1. Kiyim

Kiyim terlatmaydigan bo’lishi shart. Shamollashga sovuqqotishdan ko’ra terlash ko’proq sababchi bo’ladi.

  1. Ovqatlanish

Ishtaha bo’lgandagina ovqatlanish lozim.
Agar siz bolangizning tabiiy ravishda chiniqqan bo’lishini istasangiz quyidagilarga amal qiling:

  1. Bolani har qanday havoda ko’chaga olib chiqing.

  2. Bolani harakatchan o’yinlarga jalb qiling.

  3. Uydagi kimyoviy tozalash anjomlar bilan bolaning aloqasini cheklang (Uy jihozlarini tozalashda, kiyimlarni yuvishda kimyoviy preparatlardan iloji boricha kamroq foydalaning).

  4.  Bolani terlash darajasida kiyintirmang.

  5.  Ovqatni kuch bilan yedirmang.

  6.  Agar bola ko’p kasal bo’layotgan bo’lsa, o’qish jarayonini bo’shashtiring (musiqa, chet tili, qo’shimcha darslarni kamaytiring).

  7.  Bolaning xonasini changdan holi qiling.

  8.  Toza havoga ko’p olib chiqing.

  9.  Dengiz, o’rmon va tog’ga bolani ko’proq olib boring.

  10.  Bolaning xonasini tez-tez shamollatib turing.

Download 34.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling