Immunitetni tabiiy ravishda oshiruvchi mahsulotlar:
Sut
2. Qatiq
3. Olma
4. Sabzi
5. Asal
6. Lavlagi
7. Baliq
8. Piyoz va sarimsoq piyozi
9. Sedana yog’i (kuniga 1 choy qoshiq)
10. Limon
11. Na’matak damlamasi
12. Turshak, olma qoqisi, olxo’ri qoqisi va ularning damlamalari
13. Har xil danaklar
14. Petrushka ko’kati
Farzandingiz nonushtasiga ushbu mahsulotlardan har kuni qo’shib bersangiz, uning immuniteti tabiiy ravishda ko’tariladi.
Bolani chiniqtirish deganda, kunda bir necha daqiqa davomida bolani sovuq suvda cho’miltirish, yoki qishda qorda yalang oyoq choptirish kabi muolajalarni emas, balki bolaga tabiiy hayot tarzini yaratib berishni tushunish kerak.
Tabiiy hayot tarzi tamoyillari:
Harakat
Bola qancha ko’p toza havoda harakat qilsa, shunchalik foydali. Masalan, maktabga avtobusda emas, balki piyoda borgani, kino ko’rgandan ko’ra, ko’chada futbol o’ynagani, yakshanba kuni uy yumushlari bilan shug’ullangandan ko’ra, tabiat qo’yniga chiqqani ma’qul. Eng asosiysi, harakat to’rt devor orasida emas, balki ochiq havoda bo’lishi kerak.
Kiyim
Kiyim terlatmaydigan bo’lishi shart. Shamollashga sovuqqotishdan ko’ra terlash ko’proq sababchi bo’ladi.
Ovqatlanish
Ishtaha bo’lgandagina ovqatlanish lozim.
Agar siz bolangizning tabiiy ravishda chiniqqan bo’lishini istasangiz quyidagilarga amal qiling:
Bolani har qanday havoda ko’chaga olib chiqing.
Bolani harakatchan o’yinlarga jalb qiling.
Uydagi kimyoviy tozalash anjomlar bilan bolaning aloqasini cheklang (Uy jihozlarini tozalashda, kiyimlarni yuvishda kimyoviy preparatlardan iloji boricha kamroq foydalaning).
Bolani terlash darajasida kiyintirmang.
Ovqatni kuch bilan yedirmang.
Agar bola ko’p kasal bo’layotgan bo’lsa, o’qish jarayonini bo’shashtiring (musiqa, chet tili, qo’shimcha darslarni kamaytiring).
Bolaning xonasini changdan holi qiling.
Toza havoga ko’p olib chiqing.
Dengiz, o’rmon va tog’ga bolani ko’proq olib boring.
Bolaning xonasini tez-tez shamollatib turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |